So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  1 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  11 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  33 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Superliga. "Neftchi" Farg'onada "Lokomotiv"ga yirik hisobda yutqazdi Yangiliklar

Superliga. "Neftchi" Farg'onada "Lokomotiv"ga yirik hisobda yutqazdi

Teglar :  NeftchiLokomotiv
Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning eng asosiy vaziyatlarini shu erda kuzatib boring. 


YANGILASH


90+3. Uchrashuv nihoyasiga etdi. SHu tariqa "Neftchi"ning g'alabasiz seriyasi ushbu turda ham davom etdi.

90+1. Ogohlantirish. Neftchi. Xurshid Asqaraliev.

90+1. Ogohlantirish. Lokomotiv. Ignatiy Nesterov.

90. Ikkinchi taymga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

90. O'zgarish. Neftchi. Islombek Karimov o'rniga Otabek Ahmadjonov tushdi.

88. O'zgarish. Lokomotiv. Islom To'xtaxo'jaev o'rniga Bobur Yuldashev tushdi.

80. GOOOOOOOOOOL! Belgilangan 11 metrlik nuqtadan Maxstaliev aniq foydalanib, hisobni bittaga qisqartirdi - 1:4.

80. Penalti! "Lokomotiv" darvozasiga. Maxaradze o'z jarima maydoni ichida Asqaralievga ortidan qo'pollik ishlatib, to'xtatib qoldi.

78. O'zgarish. "Lokomotiv". Sadriddin Abdullaev o'rniga Farhod Bekmuratov tushdi.

77. Sardor Mirzaev chap qanotdan katta tezlik bilan oldinga o'tib borayotganida himoyachi Alisher Samatov uni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Belgilangan jarima zarbasini Aliboev aniq bajardi. Ikromning zarbasidan so'ng to'p to'g'ri darvoza to'ridan o'rin oldi. Mirniy uni faqat kuzatish bilan chekland  - 0:4! 

77. GOOOOOOOOL! Ikrom Aliboev 0:4

71. O'zgarish. "Lokomotiv". Sardor Rashidov o'rniga Diyor Turopov tushdi.

71. Stadionga kelgan muxlislar uchinchi goldan keyin "Lokomotiv"ni olqishlay boshladi.

69. Rashidov Neftchi jarima maydoni ichida Mirniy bilan deyarli birga-bir vaziyatda darvozaning pastki  uzoq burchagini aniq nishonga olib, hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.

66. GOOOOOOL! Yana Sardor Rashidov! 0:3

62. O'zgarish. «Neftchi». Murod Bobojonov o'rniga Xurshid Asqaraliev tushdi.

59. Zarbaaaa... Bu safar Sardor Mirzaev sobiq jamoasi darvozasini aniq nishonga ola bilmadi. Aniqrog'i, «Neftchi» posboni yana bir bor  jamoasi joniga aro kirdi.

54. Uxx!!! Mehmonlar hozir hisobni yiriklashtirishiga bir bahya qoldi. Husniddin G'ofurov o'ng qanotda qarshisidagi raqibi SHoyqulovdan o'tib ketib jarima maydoni ichida qulay vaziyatga chiqib borayotgan Rashidovni pas bilan taminladi. Sardorning darvoza tomon yo'llagan zarbasidan so'ng Mirniy to'pni qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

50. Rashidov o'ng qanotdan oldinga o'tib bordi va to'p bilan markazrok yurib, jarima maydoni tashqarisidan «Neftchi» darvozasini aniq nishonga oldi - 0:2.

50. GOOOOOL! 0:2. Sardor Rashidov!

46. O'zgarish. Neftchi. Abror Isioilov o'rniga Sunnatilla Ermatov tushdi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi


45. Birinchi taym tugadi.

33.  Mirzaevning jarima maydoni ichida chap tomondan erlatib oshirb bergan qisqa pasidan so'ng, G'ofurov aniq zarbasi bilan Mirniyni ojiz qoldirdi. - 0:1.

33. GOOOOOL! 0:1. Husniddin G'ofurov!

26. "Neftchi" ketma-ket qanotlardan hujum qilmoqda. Biroq to'p markaziy hujum chizig'i vakillariga aniq etib kelmayapti. Bobojonov jamoadoshlariga etiroz bildirdi

24. "Lokomotiv" standart vaziyatga ega bo'ldi. Biroq zarba ancha noaniq!

20. Abbos Maxstaliev birga-bir vaziyatga chiqib bordi! O'yindan tashqari holati deb hisobladi qanot hakami

14. XAVFLI VAZIYAT! Zoteev to'pni jarima maydoni yonida qo'li bilan o'ynadi. Jarima to'pini Agaliev amalga oshirdi, to'p jonli devorga tegib qaytdi, qaytgan to'pdan so'ng yana zarba berildi, bu safar himoyachilar to'p yo'liga qalqon bo'lishdi!

11. Avaz Agaliev uzoq masofadan o'z omadini sinab ko'rdi. Noaniq va kuchsiz zarba!

9. Jamoalar ehtiyotkor tarzda bahsni olib borishmoqda

6. "Lokomotiv" "Neftchi" jarima maydonchasi ichida xavfli hujumni amalga oshirdi. Samatov to'pni qaytardi!

3. "Neftchi" ketma-ket hujumlarni amalga oshiryapti

2. Doston Tursunov to'pni havolatib Maxstalievga tashladi. Abbos esa to'pga eta olmadi

1. O'yin boshlandi. 

- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi. 



Superliga. 10-tur
18:00 - “Neftchi” – “Lokomotiv” 1:4
4 may 2018. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 10500 tomoshabin.
Hakamlar: 
V.Ceytlin (Toshkent), A.Kalinin (Qashqadaryo), A.Burov (Buxoro), G'.Jo'raev (Namangan).
Nazoratchi – G'.Karimov (Toshkent).
Komissar – B.Namozov.
Gollar: Husniddin G'ofurov 33, - 0:1 (Sardor Mirzaev). Sardor Rashidov 52, - 0:2. Sardor Rashidov 66, - 0:3. Ikrom Aliboev 77, - 0:4 (Sardor Mirzaev). Abbosbek Maxstaliev 80 penalti, - 1:4 (Xurshid Asqaraliev)
"Neftchi": Vitaliy Mirniy, Iskandar SHoyqulov, Murodbek Bobojonov (Xurshidbek Asqaraliev, 62), Abbos Maxstaliev, Abdul Aziz Yusupov, Abror Ismoilov (Sunnat Ermatov, 46), Abdujamol Isroilov, Alisher Samatov, Avaz Agaliev, Islombek Karimov (Otabek Ahmadjonov, 90), Dostonbek Tursunov
Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Anvar Berdiev, Elyor Mamasoliev, Jamshid Qobulov, Farrux Turdaliev, Davron Mamatov,

"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Sadriddin Abdullaev (Farhod Bekmurotov, 78), Ikrom Aliboev, Sardor Mirzaev, Husniddin G'ofurov, Islom To'xtaxo'jaev (Boburbek Yuldashev, 88), Sanjar SHoahmedov, Sardor Rashidov (Diyorjon Turopov, 71), Oleg Zoteev, Igor Yelich
Zaxira: Mamur Ikromov, Idris Bikmaykin, SHuhrat Muhammadiev,

Ogohlantirishlar: Ignatiy Nesterov 90+1, Xurshid Asqaraliev 90+1

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика