So’nggi yangiliklar

19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  0 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  6 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   4 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  2 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  34 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  7 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  1 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  10 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  17

Superliga. Qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda "Navbahor" va "Olimpik" murosa ko'chasini tanladi Yangiliklar

Superliga. Qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda "Navbahor" va "Olimpik" murosa ko'chasini tanladi

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Olimpik" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga

10-tur
"Navbahor" – "Olimpik" 0:0
30 may. Namangan. "Markaziy" stadioni. 19:30
Bosh hakam: Rahimbek Karimov
Qanot hakamlari: Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov
Zaxira hakami: Akmal Rahimov
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Anvar Marajabov
Nazoratchi: Timur Galeev
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jamshid Iskanderov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboev, 17.Ruslanbek Jiyanov (11.Asadbek Sobirjonov, 71), 22.Toma Tabatadze (33.SHodiyor SHodiboev, 83), 23.Yovan Jokich, 34.Farrux Sayfiev, 77.Abrorbek Ismoilov (8.Siavash Haqnazari, 66)
Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 19.SHerzodbek Abdulboriev, 21.Giorgi Nikabadze, 24.Dostonbek Abdulhaev, 71.Navro'zbek Iminjonov. 

"Olimpik": 12.Hamidillo Abdunabiev, 2.Saidazamat Mirsaidov (70.Muhammadbobir Mo'ydinov, 88), 7.Ibrohim Ibragimov (8.Nodir Abdixoliqov, 63), 9.Asad Jo'raboev (64.Samandar Qodirov, 46), 10.Farruh Muxtorov (21.Muhammadaziz Ibrohimov, 46), 11.Otabek Jo'raqo'ziev (15.Muhsin Bozorov, 75), 19.Ahmadillo Muqumjonov, 22.SHahzod Toirov, 23.Abdurauf Bo'riev, 37.Alisher Odilov, 44.Asad Rahimjonov.
Zaxira: 99.Edem Nemanov, 5.Davron Olimjonov, 17.Jaloliddin Sodiqov, 18.Akbar Abdirasulov.

Ogohlantirishlar: Jamshid Boltaboev (52), SHahzod Toirov (67), Asad Rahimjonov (67), SHodiyor SHodiboev (86), Abdurauf Bo'riev (90+4), 

CHetlatish: Abdurauf Bo'riev (90+10, ikkinchi ogohlantirish)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+11. Abdunabiev raqib futbolchilarining ketma-ket ikki zarbasini qaytardi.

90+10. Iskanderovni o'z jarima maydoni yaqinida to'xtatib qolgan Bo'rievga ikkinchi sariq kartochka ko'ratildi.

90+8. ZARBA! Odilovning 25 metrlardan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

90+4. Ogohlantirish: Bo'riev SHodiboevni to'xtatib qolgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

90+2. VAR ehtimoliy penaltini ko'rib chiqdi, ammo 11 metrli jarimaga tortadigan qo'pollik ishlatilmagani malum bo'ldi.

90. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi.

89. Iskanderovning jarimadan yo'llagan zarbasini Abdunabiev qaytardi.

88. "Olimpik"da oxirgi o'zgarishga qo'l urildi.

86. SHodiboev "Olimpik" darvozaboniga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

85. ZARBA! Ivanovich raqib jarima maydonida yaqin masofadan bosh bilan aniq zarba yo'llay olmadi. 

83. "Navbahor"da ham oxirgi almashtirish amalga oshirildi.

78. VAR ehtimoliy penaltini ko'rib chiqdi, ammo "Olimpik" darvozasi tomon 11 metrli jarima zarbasi belgilanmadi.

76. ZARBA! Tabatadze juda qulay vaziyatdan unumli foydalana olmadi. Abdunabievning harakatlarini ham etirof etish joiz.

75. "Olimpik"da o'zgarish amalga oshirildi.

73. Xavfli vaziyat! Tabatadzening pasidan so'ng Haqnazariy zarba berishga kechikdi.

71. "Navbahor"da yana bir o'zgarish sodir bo'ldi.

67. "Olimpik"ning ikki markaziy himoyachisi ogohlantirildi.

66. "Navbahor" tarkibida o'zgarish: Ismoilov o'rniga Siyavash maydonga tushirildi.

64. Maydonga tushganiga bir daqiqa ham bo'lmagan Abduxoliqovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

63. "Olimpik"da o'zgarish: Ibragimov o'rniga Abduxoliqov maydonga tushirildi. 

61. Ibragimovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

57. ZARBA! Ismoilovning zarbasini Abdunabiev qaytardi, ammo "Navbahor" futbolchisi ofsaydda ekan.

54. Jiyanovning zarbasi birinchi bo'limdagi singari o'ta noaniq ko'rinish oldi.

52. Boltaboev maydon markazida Ibragimovga nisbatan qoidabuzarlik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

51. ZARBA! Iskanderovning o'ta qulay masofadan chap oyog'ida raqib darvozasiga aniq zarba yo'llay olmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Olimpik"da ikkita o'zgarish yuz berdi.

45+4. ZARBA! Jiyanovning jarimadan uzatmasi Ivanovichning zarbasi bilan yakunlandi, Abdunabiev qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

40. "Navbahor" futbolchisining o'ng qanotdan uzatmasini Abdunabiev mushti bilan urib yubordi.

38. Jiyanovning kutilmagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

35. XAVFLI VAZIYAT! Muxtorovning uzatmasidan keyin sherigi qulay masofadan zarba yo'llay olmadi.

34. O'ng qanotdan katta tezlikda oldinga borayotgan Jo'raqo'zievga nisbatan qo'pollik ishlatildi. "Olimpik"da standart vaziyat yuzaga keldi.

30. Maydon markazida yana Muxtorovga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

25. ZARBA! Jiyanovning o'ng qanotdan uzatgan to'piga Tabatadze bosh bilan zarba yo'lladi. Ammo zarba kuchli bo'lmagani bois Abdunabiev to'pni egallab oldi.

24. "Navbahor" pressing natijasida raqibni jazolashi mumkin edi. SHunga qaramay, to'p namanganliklar ixtiyorga o'tdi.

19. Muxtorov raqib futbolchisi bilan to'p uchun kurashda yuzidan zarba qabul qilib oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

11. Ismoilovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Toirov boshi bilan qaytardi.

8. "Olimpik" futbolchilari zarbaga zarba bilan javob qaytardi.

7. ZARBA! Jokichning pasidan so'ng Tabatadze yaqin masofadan xavfli zarba yo'lladi!

3. "Navbahor" futbolchisining zarbasi raqib himoyachisiga tekkan holda maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Burchak zarbasi. 

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Navbahor" futbolchilari ko'k, "Olimpik" o'yinchilari oq rangli liboslarda harakat qilmoqda.

Reyting: +12   

Fikrlar

   
05 okt 20:02:52
Абдугофур1984
Odiljon foydalanuvchining fikriga javob berish
Аллохдан қўрқ санга Аллох бас келсин.
Аллох хамма нарсани уз урнига куйиб куяди, гирром клубин ютказди финални
   
05 okt 20:01:50
Абдугофур1984
Alfagrand Admin foydalanuvchining fikriga javob berish
San Xaromxor sokish eshitishni yaxshi korasan shekili a
Вохахаха аламлар гирром гулбахор ютказди яна
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика