So’nggi yangiliklar

00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  0 00:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 3:2 (матнли трансляция)   256 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  5 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  18

"Turon" "Metallurg"ga mag'lub bo'ldi va Superliga bilan xayrlashdi Yangiliklar

"Turon" "Metallurg"ga mag'lub bo'ldi va Superliga bilan xayrlashdi

Superliganing 25-turi doirasidagi "Metallurg" - "Turon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"METALLURG" – "TURON"  1:0 (TUGADI)

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Ruslan Samandarov, Obid Jumaev, Nayim Qosimov

Nazoratchi: Rashid Aytekov

VAR hakami: Asker Najafaliev

VAR assistent: Rustam Lutfullin

VAR nazoratchisi: Vladislav Ceytlin

Komissar: SHerzod Rajabov.

Gol: SHahzod Nurmatov 22 - 1:0

“Metallurg”: 12.Aleksandr Lobanov, 8.Salamat Qutiboev, 10.SHahzodbek Nurmatov ( 9.Mahmudjon Qudratillaev, 56), 15.Zohid Abdullaev, 21.Kamoliddin Tojiev (6.Xudoyshukur Sattorov, 25), 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 28.Stanislav Andreev, 48.Dilshod Rahmatullaev (14.Abrorbek Toshqo'ziev, 56), 70.Muhammad Isaev, 80.Farruxjon Ibrohimov, 98.Damir Temirov (79.Bobir Davlatov, 82)

Zaxira: 1.Akmal Tursunboev, 4.Odilbek Abdumajidov, 7.Ruslan Roziev, 11. Ivan Nagaev,  90.Abdurahmon Abdulhaqov.

"Turon": 87. Akmal Ortiqov, 4. Asliddin Toshtemirov, 6. Sardor Abduraimov, 7. Sunnatilla Abdullajonov, 9. Humoyun Murtozaev, 17. Muzaffar Muzaffarov (23. Otabek Zokirov, 79), 18. Fozil Musaev (s), 19. Vladislav Kosminin, 43.Kim Boyong (14. Doniyor Ismoilov, 79), 55. Dayan Ponevich, 77. Bilol Toshmirzaev.

Zaxira: 1. Nizomiddin Ziyovuddinov, 2. Abduqahhor Hojiakbarov, 3. Davronbek Umirov, 5. G'iyosjon Komilov, 11. Asilbek Qayumov,  30. Sinisha Babich, 80.Rustamxon Azimov.

Ogohlantirish: Muhammad Isaev 42, Sunnatilla Abdullajonov 82, Vladislav Kasminin 82, Farruh Ibrohimov 83

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. "Turon" Superliga bilan xayrlashdi.

90+2. "Turon" futbolchilari raqib jarima maydonchasi ichida shturm uyushtirmoqda. Sunnatilla Abdullajonovning zarbasi o'ta noaniq.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

83. OGOHLANTIRISH. "Metallurg", Farruh Ibrohimov

82. O'ZGARISH. "Metallurg", Damir Temirov o'rniga Bobur Davlatov tushdi. 

82. OGOHLANTIRISH. "Turon", Sunnatilla Abdullajonov, Vladislav Kasminin

79. O'ZGARISH. "Turon", Muzaffar Muzaffarov o'rniga Otabek Zokirov, Kim Boyong o'rniga Doniyor Ismoilov tushdi. 

77. ZARBAAAAAAA. Toshmirzaevning yuqoridan uzatgan to'pini Murtazoev boshi bilan darvozani noaniq nishonga oldi. 

75. "Turon" bor kuchi bilan hujumga o'tyapti. Lekin vaziyatlardan foydalanishga kelganda oqsamoqda. Darvozabon va himoyachilar yaxshi o'ynayotganini takidlash joiz. 

64. UXXXXXXXXX. Aleksandr Lobanov "Metallurg"ni yuz foizlik goldan qutqarib qoldi. Murtazoevning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvozaga kirib ketayotgan pallada Lobanov mahoratini ko'rsatdi. 

56. O'ZGARISH. "Metallurg", SHahzod Nurmatov o'rniga Mahmud Qudratillaev, Dilshod Rahmatullaev o'rniga Abror Toshqo'ziev tushdi. 

53. ZARBAAAAAAAA. Sunnatilla Abdullajonovning jarima maydonchasi chizig'iga yaqin joyda bergan zarbasi juda kuchli.

51. To'p nazorati "Turon"ga o'tdi. Vaziyatlar esa oxiriga etmayapti. 

48.  Mehmonlar bosimni oshirishdi. Burchakdan etkazib berilgan to'pni Kasminin boshi bilan darvozaga yo'lladi. Biroz noaniq.

47. ZARBAAAAAAAAA. UXXXXXXX. "Turon" katta kuch bilan oldinga o'tdi. Muzaffarovning zarbasini Sattorov darvoza chizig'i ustida qaytarib qoldi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 


Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45+2. ZARBAAAA. Murtazoev - Abdullajonov - Kim Boyong kombinaciyasi gol bilan yakunlanmadi. Xavfli vaziyat yuzaga kelgandi. 

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Fozil Musaevning zarbasi xavfli chiqdi.

42. OGOHLANTIRISH. "Metallurg", Muhammad Isaev

30. "Turon"da jarima zarbasi. To'p juda qulay nuqtada. Yo'q, zarba muvaffaqiyatsiz chiqdi. To'p jonli devordagilarga tegdi. 

25. O'ZGARISH. "Metallurg", Kamoliddin Tojiev o'rniga Xudoyshukur Sattorov tushdi. 

22. GOOOOOOOL. "Metallurg" o'yinda hisobni ochdi. CHap qanotdan etkazib berilgan to'pni SHahzod Nurmatov boshi bilan darvoza to'riga yo'lladi. 




18. Eslatib o'tamiz bugun "Andijon"ning mag'lubiyatidan so'ng so'nggi o'rinda ketayotgan "Turon"da Superligada qolish uchun imkoniyat saqlanib qolindi. 

16. Bilol Toshmirzaevning chap qanot o'tkir burchakdan bergan zarbasini Lobanov mushtlari bilan urib yubordi. 

14. Damir Temirovdan zarba, to'p darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi.

11. Kim Boyongning Aleksandr Lobanov oldingi chiqib ketganidan unumli foydalanib darvozani nishonga olib ko'rdi. Biroq noaniq. 

10. Dilshod Rahmatullaevning zarbasini Akmal Ortiqov osonlik bilan ushlab oldi. 

9. Bilol Toshmirzaev uzoqdan zarba yo'lladi. Aleksandr Lobanov o'z o'rnida. 

- O'yin boshlandi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика