So’nggi yangiliklar

13:13"Барселона" ФИФАдан 6,3 млн. евро олади  1 12:23Антонио Кассано: "Мен ҳеч қачон ичмаганман ва чекмаганман. Фақат битта ёмон одатим бўлган: очкўзлик"  2 12:06"Навбаҳор" собиқ устози: "Тухель Саутгейтдан кўра мосроқ"  3 11:29БАА бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши қийин ўйин кутиб турибди"  13 11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  21 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   0 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   6 10:07"Манчестер Сити" Холандга ўринбосар топди  0 09:35"Арсенал" АПЛнинг икки нафар футболчиси учун 80 миллион фунт сарфлашга тайёр  0 09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  3 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  9 07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  14 07:27Про лига. Бугун 20-турнинг қолдирилган баҳси бўлиб ўтади  0 02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  7 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0

Superliga klublarning shtat jadvalida o'zgarishlar bo'ladi Yangiliklar

Superliga klublarning shtat jadvalida o'zgarishlar bo'ladi

Teglar :  Superliga
Professional futbol ligasi Superliga klublari oldiga yangi talab qo'ydi. Bunda jamoalar shtat birligini qayta ko'rib chiqish kerak bo'ladi.

SHu vaqtga qadar klublar o'zi bilganicha faoliyat olib borgan bo'lib, ularning shtat birligi bir-biridan keskin farq qilib kelgan. Superliganing ayrim klublari davlat korxonalari tomonidan moliyalashtirilishidan kelib chiqib, O'FA shtat birligi masalasiga jiddiy etibor qaratdi. Natijada Professional futbol ligasi ham OFK talablarini inobatga olib, yuqoridagi masalani tartibga solishga qaror qildi.

Endilikda klub prezidenti va vice-prezidenti faxriy lavozim bo'lib, asosiy ish Bosh direktor orqali boshlanadi (bosh menejer, ijrochi direktor, bosh maslahatchi emas). Bosh direktor fonida jami 24 kishi klub ishlarini yuritadi:

1. Bosh direktor
a) Bosh direktor o'rinbosari
b) Klub kotibi

4. Bosh buxgalter
a) Etakchi buxgalter
b) Hisobchi
 
7. Matbuot kotibi
a) Sayt administratori
b) Fotograf
v) Operator
 
11. Marketing masalasida menejer
a) Marketolog
b) Fan-klub menejeri
 
14. Texnik direktor
15. Sport direktori
16. Licenziyalash masalasida menejer
17. Xavfsizlik masalasida menejer
 18. Xalqaro masalalar bo'yicha menejer
a) Xalqaro bo'lim mutaxassisi
 
20. Kadrlar masalasida menejer
21. Yuristkonsult
22. Xo'jalik ishlari menejeri
23. Haydovchi (engil mashina)
24. Haydovchi (avtobus)
 
Endilikda klubning masul xodimlari o'z ishiga puxta yondoshishi talab etiladi. SHu vaqtgacha matbuot xizmati vakillari o'z yumushidan tashqari licenziyalashga ham, boshqa masalalarga ham yugurib kelavergan. Endilikda PFL har bir vazifa uchun faqatgina shu ish uchun masullardangina hisobot talab qiladi. Matbuot kotibi yoki boshqa ishchi ayni bir masul xodimning vazifalarini bajarmaydi. Yani, hamma o'z ishi uchun javob beradi.

SHuningdek, endilikda yuqoridagi xodimlarning oylik-maoshlari masalasi ham nazorat qilinadi. Bir xil vazifani bajargani holatida ikki bosh direktorning biri 80 million, ikkinchisi 8 million maosh olmaydi. Bosh direktor o'z ishiga professionallarcha yondoshib, o'zi jamoa uchun qo'shimcha homiylar, daromad olib kelganidagina qo'shimcha rag'batlantirilishi mumkin (shuningdek, mukofot pullarining berilish tartibi ham alohida ko'rib chiqiladi).

Xodimlar ishdan bo'shatilganida klub va ishchi o'rtasidagi shartnoma, undagi talablar, kelishuvlar albatta PFL tomonidan ham ko'rib chiqiladi. Yani, biror-bir xodimga nisbatan nohaqlik qilinishiga yo'l qo'yilmaydi. Ishchi-xodimning qanday faoliyat olib borishi, qanday sifat bilan ishlashi bosh direktorning hukmiga havola.

PFL bu erda akademiya va stadion ishchilarini ko'rsatmagan. Stadionlar masalasi alohida-alohida hal etiladi. Akademiya bo'yicha xuddi shunday shtat jadvalini Superliga klublari yaqin orada qabul qilib oladi. Akademiya murabbiylarining ishi klub texnik direktori tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Xususiy klublar ish o'rinlarini o'zi istaganicha ko'paytirishi va ishchilarga o'zi bilganicha oylik-maoshlar tayin qilishi mumkin. Ammo PFL ulardan ham yuqoridagi kabi masul xodimlar ro'yxatini talab qilib oladi.

Yuqoridagilar O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-modda 1-bandiga ko'ra amalga oshiriladi. Klublar ishni tartibga solishda shu kodeksining 102-moddasi 1-bandidan kelib chiqib, ishchilarini ikki oy avval ogohlantiradi.

PFL bu boradagi hisobotlarni 15 iyul — transfer oynasi yopilguniga qadar qabul qiladi. SHtatlar o'zgarganini esa 15 sentyabrdan boshlab tekshiruvdan o'tkazadi. Klublarning avvaldan tasdiqlangan yillik smetasiga og'irlik tushmasligi uchun shu vaqtgacha faoliyat yuritmayotgan xodimlarni ishga qabul qilish 2019 yilning yanvarida amalga oshiriladi.

SHu masalalar yuzasidan PFL barcha savollarga javob berishga tayyor.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика