Superliga klublari mutaxassislari malaka oshirish uchun Yaponiyaga yo'l olishdi
08 fev 2018 11:09
Yangiliklar
Superliga klublari mutaxassislari malaka oshirish uchun Yaponiyaga yo'l olishdi
Ushbu seminar o'tgan yilning 17 noyabr kuni O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov va Yaponiya Futbol Associaciyasining Prezidenti Tashima Kodzo o'rtasida imzolangan memorandum asosida tashkil etilayotganini ham alohida takidlash kerak.
Kecha Superliga klublari vakillari seminarda ishtirok etish uchun Yaponiyaga yo'l olishdi. Seminar davomida Jey-liga mutaxassislari tomonidan milliy chempionatimiz klublari marketing mutaxassislari uchun nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkaziladi.
SHuningdek, marketing bo'yicha mutaxassislar Jey-ligada marketing, homiylarni jalb qilish bo'yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida malumot olishadi.
Aytish kerakki, Yaponiya Jey-ligasida marketing sohasi juda rivojlangan bo'lib, Jey-liga birgina 2017 yil davomida jami 240 million AQSH dollari miqdorida homiylik mablag'lariga ega bo'lgan.
Fikrlar