So’nggi yangiliklar

14:43Упамеканонинг "иштаҳаси" "Бавария"ни қўрқитиб юборди  1 14:09"Челси"нинг энг кўп маош олувчи футболчилари маълум қилинди  1 13:31"ОКМК Семурғ" — "Андижон ФА" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 12:52Моуриньо Бразилия термаси таклифини рад этди  1 12:18Конте "Наполи"дан кетади, клуб унинг ўрнига иккита номзод топиб қўйган  2 11:32Ана бўлмасам! Де Брюйне "Ман Сити"да қолишни истаган, лекин раҳбарият бунга қарши  5 10:49Факт. Бошкович мураббий сифатида Қосимовни мағлуб эта олмаган  0 10:29Нўъмон Ҳасанов "Нефтчи" - "Пахтакор" учрашувидан олдин: "Жамоаларнинг бу мавсумдаги ўйинларига хулоса қилишга эрта"  5 09:55Легионерларимиз. Бугун Шомуродов, Ҳусанов, Раҳмоналиев, Турғунбоев, Эсанов жамоалари ўйнайди  6 09:30"Ал Мумтоз" тарихидан. Анвар Бердиевнинг юбилей учрашуви қандай ўтганди?  5 09:10Ҳамидулло Абдунабиев: "Бунёдкор" учун бу натижа адолатсиз ҳисобланади. Ғалабага ҳақли эдик"  8 08:40"Қўқон-1912" 6 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни мағлуб эта олмаяпти  0 08:20"Хоразм" "Бунёдкор" билан ўйинда тарихий натижа қайд этди  2 08:00"Персеполис" ўз майдонида "Сепахон"га ютқазди. Остон Ўрунов 25-дақиқада алмаштирилди  5 07:40Мурод Исмоилов "Нефтчи" - "Пахтакор" ўйини олдидан: "Турнир жадвалидаги фарқ бугун ҳеч нарсани англатмайди"  10

Superliga. "So'g'diyona" Samarqandda "Dinamo" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Superliga. "So'g'diyona" Samarqandda "Dinamo" bilan durang o'ynadi

Superliga 5-turidan o'rin olgan "Dinamo" – "So'g'diyona" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga

5-tur

"Dinamo" – "So'g'diyona" 1:1

Samarqand. "Dinamo" stadioni. 19:00

Gollar: Ratino (Firdavs Abdurahmonov) 26' – Javohir Qahramonov 39'

Bosh hakam: Doston Rahmonov

Yordamchi hakamlar: Akmal G'iyosov, Shavkat Rahmatov

Zaxira hakami: To'rabek Suyunov

Nazoratchi: Vladislav Ceytlin

VAR: Nikita Mustafin

AVAR: Avaz Abdullaev

Komissar: Shohruh Said

"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 6.Jahongir O'rozov, 7.Ratino, 9.Mirjahon Mirahmadov (16.Richard Fraydey, 60), 10.Anvarjon Hojimirzaev (8.Sanjar Qodirqulov, 85), 15.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 18.Oleksandr Kucherenko (5.Duglas Maykon, 68), 22.Ulug'bek Abdullaev, 25.Oybek O'rmonjonov (11.Xislat Xalilov, 60), 37.Firdavs Abdurahmonov, 88.Marko Stanoevich.

Zaxira: 27.Eden Nemanov, 14.Bahodir Nasimov, 17.Salim Mustafoev, 24.Muhsin Bozorov, 55.Manuchehr Safarov.

"So'g'diyona": 21.Muhammadyusuf Sobirov, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Islom Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 7.Xondamir Mustafoqulov (17.Ehsoni Panshanbe, 46), 8.Suhrob Izzatov, 14.Lyupcho Doriev, 19.Javohir Qahramonov, 28.Stanislav Andreev (32.Nodirjon Soyibov, 56), 77.Luka Jorjevich, 99.Umidbek Sultonov (9.Samandar Mavlonqulov, 61).

Zaxira: 1.Shohruh Isoqov, 5.Behruz Jumatov, 6.Samandar Sindarov, 11.Sahob Rashidov, 20.Fazliddin Omonkeldiev, 34.Dilshodbek Misraliev.

Ogohlantirishlar: Marko Stanoevich (45+2), Richard Fraydey (81).


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

90. Ikkinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi. 

87. Zoir Jo'raboev qanotda Richard Fraydeyga nisbatan qoidani buzdi. 

85. "Dinamo"da o'zgarish: Hojimirzaev o'rniga Qodirqulov tushdi. 

85. Zarba! Lyupcho Dorievning jarima zarbasidan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

81. Richard Fraydey Qahramonovga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochka oldi. 

77. Uuux! Samandar Mavlonqulov deyarli birga-bir holatga chiqib borib, noaniq zarbaga mualliflik qildi. 

76. "Dinamo" hujumlar qilib, vaziyatni o'z tomoniga og'dirib ketishga harakat qilmoqda, ammo yakunda nimadir etishmayapti. 

73. Stanoevichning uzatmasidan keyin Firdavs Abdurahmonov bosh bilan ancha noaniq zarba berdi. 

71. Hojimirzaev ichkariga yaxshi kirib bordi, ammo pas berishda adashdi. 

68. "Dinamo"da o'zgarish: Kucherenko o'rniga Duglas Maykon maydonga tushirildi. 

65. Richard Fraydey himoyachi bilan kurash chog'ida yiqilib tushdi va hakamga qaradi, biroq u to'p erkin zarba orqali o'yinga kiritilishini ko'rsatdi. 

63. GOL! Lyupcho Dorievning chap oyoqda yo'llagan aylanma zarbasi darvoza to'qqizligiga borib tushgandi, biroq u ofsaydda qolgani uchun gol bekor qilindi.

61. "So'g'diyona"da almashtirish: Sultonov o'rniga Mavlonqulov tushirildi. 

60. "Dinamo"da 2 ta o'zgarish: O'rmonjonov o'rniga Xalilov, Mirahmadov o'rniga Fraydey o'yinga qo'shildi. 

59. Zarbaaa! Panshanbening jarima zarbasidan keyin Yagudin to'pni qaytardi!

56. "So'g'diyona"da almashtirish: Andreev o'rniga Soyibov maydonga tushdi. 

52. Uchrashuv tempini u qadar yuqori deb bo'lmaydi, ammo zerikarli ham emas. Ikki jamoa ham imkon qadar faol hujumga o'tmoqda. Maydonda yotib olishlar yo'q. 

50. Ulug'bek Abdullaev maydon markazi bo'ylab yaxshi yurish qildi, biroq yakunda sherigiga pas berishga ulgurmadi. 

48. Qahramonovning uzatmasidan so'ng "So'g'diyona" vakili darvozani nishonga olib ko'rdi, ammo to'p darvozaga aniq bormadi. 

47. Luka Jorjevich katta tezlikda oldinga borib, himoyachi O'rozov qarshiligiga uchradi va burchak zarbasi ishladi. 

46. "So'g'diyona"da o'zgarish: Mustafoqulov o'rniga Panshanbe tushirildi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:1. Tanaffus! 

45+6. Zarba! Bu gal Marko Stanoevich uzoqdan zarba yo'llab ko'rdi, ancha noaniq. 

45+5. Zarbaaa! Hojimirzaevning pasidan keyin O'rmonjonov yaqin masofadan zarba yo'lladi, Sobirov zarbani bartaraf qildi! 

45+2. Marko Stanoevich qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi. 

45. Birinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi. 

43. "So'g'diyona" vakilining ichkariga oshirib bergan to'pini Ravshanbek Yagudin mushti bilan urib uzoqlashtirdi. 

39. GOL! Kucherenkoning xatosidan keyin to'p to'g'ri Javohir Qahramonovga etib keldi va u pastki burchakni nishonga olib, hisobni tenglashtirdi – 1:1! 

38. Lyupcho Doriev Andreevdan to'pni olgach xatoga yo'l qo'ydi va to'pni yo'qotdi. 

35. "Dinamo" muxlislarining kayfiyati alo va jamoadan yana bitta gol so'rashmoqda. 

32. Bosh hakam VAR monitoriga borib, vaziyatni o'rgandi va o'yinni davom ettirish kerak deb topdi. 

29. Stanislav Andreevning zarbasidan so'ng to'p himoyachining qo'liga tegdi. Vaziyat o'rganib chiqilmoqda. 

26. GOL! Haftaning navbatdagi super goli muallifi – Ratino! Braziliyalik xavbekning o'ng oyoqdagi kuchli zarbasidan keyin to'p darvoza to'siniga tegib darvozadan joy oldi. 

25. Uuuux! Yana o'sha Marko Stanoevichning zarbasi juda xavfli ko'rinish kasb etdi. 

23. Zarba! Sultonovning chap oyoqda bergan zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

22. Uuuux! Stanoevichning burchak zarbasidan bergan ketma-ket 2 ta zarbasini Sobirov bartaraf etdi! Qoyil, yosh posbonga! 

21. Zarbaaa! Hojimirzaevning zarbasidan keyin to'p Qobilovga tegib maydonni tark etdi. 

18. Kucherenko maydon markazida raqibga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

16. Zarbaaaa! Mirjahon Mirahmadovning aylanma zarbasidan so'ng Muhammadyusuf Sobirov katta qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etdi! Chiroyli seyv! 

14. Uuux! Stanoevichning uzatmasidan so'ng Oybek O'rmonjonov bosh bilan zarba berdi, xavfli, ammo noaniq.

13. O'rmonjonov qanotda faollik ko'rsatib, burchak zarbasi ishlab oldi, Zoir Jo'raboev himoyada peshvoz chiqdi. 

9. Zarbaaa! Marko Stanoevichning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

7. Bosh hakam o'yinni davom ettirish qaroriga keldi. Davom etamiz. 

6. VAR o'sha vaziyat bo'yicha bosh hakamga aloqaga chiqdi. Doston Rahmonov vaziyat bilan tanishish uchun VAR monitori tomon yo'l oldi. 

4. Hujumchi Umidbek Sultonov jarima maydonchasi ichida yiqilib tushib, etiroz bildirdi, ammo hakam o'yinni davom ettirishni lozim topdi. 

1. Uchrashuvga start berildi! 

- Futbolchilar maydonga chiqib kelmoqda. 

- 19:14 da tez tibbiy yordam xizmati stadionga etib keldi. 

- Tez yordam mashinasi vaqtida etib kelmagani bois uchrashuv boshlanishi kechikmoqda. Malumot uchun, agar tez yordam mashinasi o'yinga 30 daqiqa kech qolsa, mezbon klubga texnik mag'lubiyat yoziladi.

- Uchrashuv 19:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. 

Reyting: +8   

Fikrlar

+3   
12 apr 18:37:50
Альберт Габсалямов
Динамо только победа! Динамо только вперёд! Динамо сила!
+2   
12 apr 21:46:19
Фарход
Ният галаба эди, шукур дуранга хам, кейинги тур насиб булса Худо хохласа ютамиз, вперёд Динамо Самарканд. Только победа, Вадим Карленович Спасибо огромное за Ваш труд ( знаем что не благодарный труд ) . За последний время наконец-то создалось хороший состав и тренеров и игроков
+1   
12 apr 19:44:04
Абдурахмон Вахобов
СУПЕР ГОЛ МОЛОДЦЫ РЕБЯТА!! ТОЛЬКО ВПЕРЁД!!
+1   
12 apr 19:12:21
Д И Н А М О жон
2:0 ютамиз
+1   
12 apr 19:10:30
Вохид Ропиев
103ga tel qlela
+1   
12 apr 18:33:29
Y@Go_6060
Олга олга Динамо
   
13 apr 08:21:42
"Булунгур"
Битта нормальный сухандон йукми,асаьни бузяпди бу,шу кпеслога елимланганми дейман
   
12 apr 23:49:14
Санжар
"Булунгур" foydalanuvchining fikriga javob berish
Собиров щур уйнамаганда сугдиена аник ютказарди,митровични савиясига етди
Айтганимдай 1 чи голда буйи паслик килди
   
12 apr 22:48:43
"Булунгур"
Санжар foydalanuvchining fikriga javob berish
Мухаммадюсуф Собиров варатада турса Сугдиена юткизяпти. Афсус Митрович травмаси жиддий булиб чикди. Бугунам Собиров эпьолмаса кере чунки буйи жуда пас
Собиров щур уйнамаганда сугдиена аник ютказарди,митровични савиясига етди
   
12 apr 21:18:40
Санжар
Д И Н А М О жон foydalanuvchining fikriga javob berish
2:0 ютамиз
))))
   
12 apr 21:18:40
Санжар
Д И Н А М О жон foydalanuvchining fikriga javob berish
2:0 ютамиз
))))
   
12 apr 20:20:42
HY
Сайтда Бу ўйинни таблоси ишламаяптия
   
12 apr 19:00:35
Санжар
Мухаммадюсуф Собиров варатада турса Сугдиена юткизяпти. Афсус Митрович травмаси жиддий булиб чикди. Бугунам Собиров эпьолмаса кере чунки буйи жуда пас
   
12 apr 19:00:33
Санжар
Мухаммадюсуф Собиров варатада турса Сугдиена юткизяпти. Афсус Митрович травмаси жиддий булиб чикди. Бугунам Собиров эпьолмаса кере чунки буйи жуда пас
   
12 apr 18:45:54
Elyor Haydarov
Утган мавсум Сугдиенани медалдан курик колдирган ЭДИ бугун уша маглубият аламини оламиз олга СУГДИЕНА факат галаба
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика