So’nggi yangiliklar

09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  0 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  5 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  6 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  1 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  16 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  8 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0

Superliga. "Paxtakor" safarda "Dinamo"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" safarda "Dinamo"ni mag'lub etdi

Teglar :  PaxtakorDinamo
Coca Cola Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Paxtakor" uchrashuvi yakunlandi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.



"Dinamo" – "Paxtakor" 0:2

Gollar: Dragan CHeran - 31', Hojimat Erkinov - 34'

3 mart 2022 yil. Samarqand. "Dinamo" stadioni. 18:30
Hakamlar:
Vadim Agishev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylalov, Nayim Qosimov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: SHohrux Said

"Dinamo": 12.Miloe Prekovich, 5.Mixaylo Yovanovich, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 7.Temur Ismoilov, 14.SHokir Yo'ldoshev (To'lqin Ergashev, 66), 17.Muzaffar Muzaffarov, 19.Islom SHaripov (Saydullo Rahmatov, 63), 20.Jasur Jumaev, 70.Oybek Nurmatov (Fahriddin Alimov, 63), 78.Aleksandar Glishich (Sahob Rashidov, 76), 88.Evgeniy CHumak (Abdujamol Isroilov, 66).

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 5.Aleksey Larin, 6.Ikrom Aliboev, 7.Odil Hamrobekov, 8.Aziz Turg'unboev (Oliver SHarkich, 86), 10.Dragan CHeran, 18.Hojimat Erkinov (Diyor Xolmatov, 71), 21.Kamen Xadjiev, 27.Sardor Sobirxo'jaev (Mirjahon Mirahmadov, 71), 29.Jasur Yoqubov, 34.Farruh Sayfiev.

Ogohlantirishlar: Evgeniy CHumak (40) — Jasur Yoqubov (76).


Dinamo

Superliga. 1-tur

03/03/2022, 18:30

2
:
0
Tugadi

Paxtakor

Dragan CHeran - 31', Xojimat Erkinov - 34'

45'
90'
40'  Evgeniy CHumak
64'  Islom Sharipov (Saidullo Rahmatov)
64'  Oybek Nurmatov (Fahriddin Alimov)
67'  Shokir Yo'ldoshev (To'lqin Ergashev)
67'  Evgeniy CHumak (Abduzhamol Isroilov)
77'  Aleksandar Glishich (Sahob Rashidov)
31'  Dragan CHeran
34'  Xojimat Erkinov
34'  Ikrom Aliboyev
71'  Sardor Sobirxo’jayev (Mirzhahon Mirahmadov)
71'  Xojimat Erkinov (Diyor Xolmatov)
76'  ZHasur YOqubov
86'  Azizbek Turg’unboyev (Oliver Sharkich)


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. "Paxtakor" ilk turni safarda g'alaba bilan boshladi.

90+2. Rashidov raqib jarima maydonida yiqilgancha penalti so'ramoqda.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. "Dinamo" o'ng qanotdan hujum uyushtirgandi, dastlab Larin, so'ngra Quvvatov vaziyatni bartaraf etdi.

86. "Paxtakor"da o'zgarish: Turg'unboev o'rniga SHarkich o'yinga qo'shildi.

85. Turg'unboev o'ng qanotdan uzatma amalga oshirdi, himoyachilar qaytardi.

83. Rashidov sherigi tomonidan uzatilgan to'pga etolmadi.

81. Rashidovning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

80. "Dinamo"da standart yuzaga keldi. Fahriddin Alimov raqib tomonidan yiqitildi.

79. "Paxtakor"da jarima zarbasi ijro etildi, himoyachilar to'pni qaytarishdi.

76. "Dinamo"da so'nggi o'zgarish: Aleksandar Glishich maydondan chiqib ketdi, Sahob Rashidov bahsga qo'shildi.

75. Jasur Yoqubov ogohlantirildi.

75. Aliboevga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Ikrom bu vaziyatdan norozi ekanligi ko'rinib turibdi, u kartochka talab qilmoqda.

73. CHeran sherigini oldinga boshlagandi. Prekovich ildamroq harakat qilib, to'pni egallab oldi.

71. Endi "Paxtakor"da o'zgarishlar gali keldi. Mirjahon Mirahmadov Sardor Sobirxo'jaev o'rniga, Diyor Xolmatov Hojimat Erkinov o'rniga maydonga tushdi.

66. "Dinamo"da yana ikki o'zgarish: SHokir Yo'ldoshev o'rniga To'lqin Ergashev, Evgeniy CHumak o'rniga Abdujamol Isroilov maydonga tushdi.

63. "Dinamo"da ikki o'zgarish: Oybek Nurmatov o'rniga Fahriddin Alimov, Islom SHaripov o'rniga Saydullo Rahmatov maydonga tushdi.

62. "Paxtakor" futbolchilari Erkinovni oldinga boshlagandi, Hojimat to'pga etolmadi.

60. Temur Ismoilov o'ng qanotdan yurish qilib, ikki raqibidan o'tib ketdi, ammo uchinchisiga etolmadi.

58. Burchak zarbasidan so'ng Larin bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.

58. CHeranning chap qanotdan oshirgan to'pini Aliboev qabul qildi hamda o'ng oyoqda zarba yo'lladi. To'p raqibga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi. 

56. "Paxtakor" chap qanotdan navbatdagi hujumni tashkillashtirgandi, himoyachilar bartaraf etishdi.

53. ZARBA! Sayfiev o'ng oyog'ini sinovdan o'tkazdi, biroq uning zarbasi ancha kuchsiz chiqdi.

51. CHeranning chap oyoda yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi.

48. Oybek Nurmatov chap qanotdan oldinga yurish qilgandi, yakunda to'pga etolmadi.

47. Erkinovga nisbatan qoida buzildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

45. "Dinamo" futbolchisi hujum chog'ida Sayfievga nisbatan qo'pol o'ynadi.

43. "Paxtakor" mayda paslar orqali raqibini faqat yugurishga majbur qilmoqda.

40. Maydon markazida Hamrobekov nazoratni o'z qo'liga olgan. U hujumni boshlash bilan bir qatorda, raqiblarining o'tib ketishiga yo'l qo'ymayapti.

38. "Dinamo" ketma-ket "tarsaki" qabul qilib olgandan keyin o'ziga kelolmayapti. Hujumda hamon "Paxtakor" futbolchilari.

34. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Turg'unboev o'ng qanotda ikki raqibdan o'tib ketib, to'pni Aliboevga uzatdi. Ikrom oshirgan to'pni Hojimat jarima maydoni markazidan darvozaning uzoq burchagiga aniq yo'lladi.

33. Zarbaaa! "Dinamo" hisobni tenglashtirishiga bir bahya qoldi. Burchak zarbasidan so'ng samarqandliklar futbolchisining zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

31. GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! CHeran!!! Turg'unboevning zarbasidan so'ng darvozabon to'pni qaytardi, qaytgan to'pni esa Dragan darvozaga joylab qo'ydi.

29. ZARBA! "Dinamo" hisobni ochishi mumkin edi. O'ng qanotdan Temur Ismoilov tomonidan uzatilgan to'pni uning sherigi to'xtatib oldi hamda yaqin masofadan darvozani ishg'ol qilolmadi.

27. To'p "Dinamo" futbolchisining qo'liga tekkandi, lekin hakam penalti belgilamadi.

26. ZARBA! CHeran Sayfievning uzatmasini to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, to'p darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi.

25. Hujum besamar yakunlandi, "Paxtakor"ning qarshi hujumi xavfli chiqdi.

24. Qarama-qarshi tomondan samarqandliklar yana standartga ega bo'lishdi.

23. Nihoyat "Dinamo" hujumga o'tdi va jarima zarbasi ishlab oldi.

21. "Paxtakor" hujumlari o'ng qanotga ko'chdi. Hozircha samarali hujum amalga oshirilmadi.

19. Yana Turg'unboev, uning uzatmasidan so'ng mehmonlar burchak to'pi ishlab oldi.

18. Turg'unboev o'yindan tashqari holatda qolib ketdi. Tinmayapti shu yigit.

17. Yana Turg'unboev tomon to'p oshirildi, biroq to'pga Prekovich birinchi etib keldi.

15. ZARBA! Burchak zarbasidan so'ng to'p Hamrobekovga etib keldi, yarim himoyachining to'xtatmasdan bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

15. Xavfli vaziyat yuzaga keldi. Turg'unboevning chap qanotdan faolligi natijasida to'p markazga uzatildi, "Paxtakor" futbolchisining zarbasi esa o'xshamadi.

13. Burchak zarbasidan so'ng Xadjiev bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq.

12. "paxakor" chap qanotdan hujum uyushtirgandi, Aziz Turg'unboevning jarima maydoniga yorib kirishiga himoyachilar yo'l qo'ymadi.

10. CHeranga nisbatan qo'pollik ishlatildi, jarima zarbasi.

6. "Paxtakor" da yaxshi imkoniyat yuzaga kelishi mumkin edi, CHeran so'nggi lahzada to'pni oldirib qo'ydi.

5. Xadjiev Quvvatovni qiyin vaziyatga tushirib qo'ygandi, mehmonlar darvoazboni o'zini yo'qotib qo'ymadi.

4. Maydon markazida "Dinamo" futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

3. "Paxtakor" doimgidek nazoratni o'z qo'liga olishga harakat qilmoqda.

Dastlabki daqiqada jamoalar aut otish bilan mashg'ul.

1. Uchrashuvni "Paxtakor" futbolchilari boshlab berishdi.

Samarqanddagi stadion muxlislar bilan to'lgan.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Bugungi uchrashuvni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. 

Hakamlar: V.Agishev, R.Nugmanov, D.Saylavov, N.Qosimov. 

Nazoratchi: K.Smirnov. 

Komissar: SHohrux Said.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Yaqin ikki soat davomida Coca Cola Superliganing 1-turidan o'rin olgan qiziqarli bahslardan birining guvohiga aylanamiz. Bugun mamlakatning amaldagi chempioni "Paxtakor" chempionlik unvoni himoyasida yo'lida ilk o'yinini o'tkazadi.

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика