So’nggi yangiliklar

15:02Суперлига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди   0 14:46Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Испанияга жўнаб кетадиган таркиби маълум  2 14:22Шаҳбоз Жўрабеков: "Малини тартибга чақирдим, у эса агрессивликка берилиб кетди. Камида 1 очкога лойиқ эдик"  0 14:10"Андижон" меҳмонда "Машъал"дан енгилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45Абдумавлон Абдужалилов: "Бухоро" бизнинг хато қилишимизни кутди, улар осон рақиб эмас"  0 13:28Эрон клублари ОКМК етакчисига қизиқмоқда  2 13:00Расул Йўлдошев: "Жамоамиз тушкун кайфиятга тушганди, буни енгиш учун ғалаба зарур эди"  0 12:46"Қўқон-1912" "Сурхон" устидан ишончли ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 12:22Ришарлисон Роналдонинг юзи туширилган суратни жойлаштирди — энди у "Олтин тўп"ни мақсад қилган  1 11:54Диогу Жотанинг беваси ва ота-онаси "Вулверхэмптон" ўйинида бўлди. Мухлислар марҳум футболчини ёд олди  4 11:30Мухлислар Уэйн Рунини танқид қилди: "Ажойиб футболчи, аммо ёмон эксперт"  2 10:52"Брентфорд" ўз тарихидаги рекорд қийматли трансферни эълон қилди  0 10:25Sofascore. Мозговой БАА Пролигасидаги дебютидаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 10:23Илёс Зейтуллаев: "Жамоам ғалабага муносиб эди"  5 09:59Виктор Карпенко: "Бунёдкор" хатоларни кечирмаслигини ўйиндан аввал ҳам айтган эдим. Амалда шундай бўлди"  2

Superliga. "Dinamo" 6 yillik tanaffusdan so'ng o'z uyida "Lokomotiv"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Dinamo" 6 yillik tanaffusdan so'ng o'z uyida "Lokomotiv"ni mag'lub etdi

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
 

O'yinning 2-daqiqasida mezbonlar burchak to'piga ega bo'lishdi, havodan uzatib berilgan to'pni SHohruh Abdurahmonov darvoza tomon noaniq tarzda yo'lladi. 

Keyingi daqiqada Arslanmirat Amanovning kuchli zarbasini Botirali Ergashev katta qiyinchilik bilan qaytardi.

14-daqiqada Sardor Eminovning kuchli zarbasini Javohir Ilyosov qaytarib qoldi. 

17-daqiqada mezbonlar vakili Damir Temirov to'p uchun kurashda qo'lini sindirib oldi va tez yordam mashinasida stadionni tark etdi. Unga sog'lik tilaymiz. 

27-daqiqada "Lokomotiv" futbolchilari jarima to'piga ega bo'lishdi, Iskanderovning uzatgan to'pini himoyachilar qaytarishdi. 

Keyingi hujumda Haydarov boshi bilan darvozaga aniq zarba yo'lladi, Botirali Ergashev ajoyib seyv namoyish etdi, hakamlar o'yindan tashqari holatni qayd etishdi. 

33-daqiqada "Dinamo" vakili SHohruh Abdurahmonovning kuchli zarbasini Ilyosov ushlab oldi. 

34-daqiqada Temurxo'ja Abduxoliqovning zarbasini Botirali Ergashev qaytardi. 

36-daqiqada yana Abdurahmonovning kuchli zarbasini Ilyosov bir amallab qaytarishga erishdi. 

42-daqiqada Sardorbek Eminovning yo'llagan zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

43-daqiqada Yovan Jokich jarima maydoni chizig'i yonidan kuchli zarba berdi, noaniq. 

Keyingi hujumda Oleg Zoteev jarima maydoni ichidan darvozaga zarba berdi, Botirali Ergashev oyoqlari bilan to'pni qaytardi.

 

49-daqiqada Iskanderov uzatgan to'pni To'xtaxo'jaev boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq. 

59-daqiqada Mirkomil Loqaev birga bir vaziyatga chiqib bordi, Ilyosov to'pni qaytarishga erishdi. 

61-daqiqada Abdurahmonovning to'p uzatishidan keyin Qadamboy Nurmetov jarima maydoni ichidan hisobni ochdi - 1:0. 

64-daqiqada Arslanmirat Amanovning o'ng qanotdan oshirgan to'pini Temurxo'ja Abduxoliqov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:1. 

72-daqiqada chap qanotdan Bobur Qosimov to'pni darvoza yoniga tashlab berdi, Qadamboy Nurmetov bo'sh darvozani ishg'ol qilib dublga erishdi - 2:1.

77-daqiqada Oleg Zoteev chap tomondan darvoza tomon zarba berdi, himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.

90-daqiqada SHohruh Abdurahmonovning kuchli zarbasi darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi. 

Uchrashuvda "Dinamo" 2:1 hisobida g'alaba qozondi. So'nggi bor "Dinamo" 2013 yilda o'z maydonida "Lokomotiv"ni mag'lub etgan edi. SHu tariqa 6 yillik noxush anana yakuniga etdi. 


Dinamo

Qadamboy Nurmetov - 61', Qadamboy Nurmetov - 72'

Superliga. 12-tur

21/06/2019, 18:00

1
:
2
Tugadi

Lokomotiv

Temurxo’ja Abduxoliqov - 64'

45'
90'
19'  Damir Temirov (Obid Hakimov)
61'  Qadamboy Nurmetov
61'  SHohruh Abdurahmonov
72'  Qadamboy Nurmetov
72'  Bobur Qosimov
79'  Jasur Azimov (Akmal Xolmurodov)
85'  Qadamboy Nurmetov (Siroj Hamroyev)
46'  Yovan ZHokich (Azizbek Amonov)
59'  Islom Tuxtaxo’jayev (Diyor Turopov)
64'  Temurxo’ja Abduxoliqov
64'  Arslanmirat Amanov
83'  Azizbek Haydarov (Vladislav Fomin)


Superliga, 12-tur
"DINAMO" (Samarqand) – "LOKOMOTIV" (Toshkent) - 2:1
21 iyun 2019 yil. Samarqand. "Dinamo" stadioni. 18:00
Hakamlar:
Olim To'ychiboev, Ravshan Kopadze, SHoxruh Azamov, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Gollar: Qadamboy Nurmetov 61, - 1:0 (SHohruh Abdurahmonov). Temurxo'ja Abduxoliqov 64, - 1:1 (Arslanmirat Amanov). Qadamboy Nurmetov 72, - 2:1 (Bobur Qosimov).

"Dinamo": 1.Botirali Ergashev, 2.Mirkomil Loqaev, 4.Hakimjon Alamxonov, 7.Jasur Azimov (6.Akmal Xolmurodov, 80), 11.Qadamboy Nurmetov (20.Siroj Hamroev, 85), 16.Bobur Qosimov, 21.Damir Temirov (28.Obidjon Hakimov, 19), 23.Sardor Eminov, 24.Jasurbek O'rinov, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 34.SHohruh Abdurahmonov.
Zaxira: 12.SHohruh Eshbo'taev, 9.Nizomjon Norov, 10.Amirjon Safarov, 14.Vohid SHodiev, 19.Sanjar Baratov, 44.Dilmurod Karimov.

"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Azizbek Haydarov (75.Vladislav Fomin, 83), 8.Jamshid Iskanderov, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 20.Islom To'xtaxo'jaev (77.Diyorjon Turopov, 59), 23.Yovan Jokich (14.Azizbek Amonov, 46), 24.Davronbek Hoshimov, 33.Oleg Zoteev, 71.Arslanmirat Amanov, 88.Igor Yelich.
Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 25.Javohir Alijonov, 52.Jaloliddin Jumaboev, 72.Boburbek Ergashev, 78.Umar Adhamzoda.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика