So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

Superliga. OKMK mavsumdagi ilk mag'lubiyatini "Bunyodkor"dan qabul qilib oldi Yangiliklar

Superliga. OKMK mavsumdagi ilk mag'lubiyatini "Bunyodkor"dan qabul qilib oldi

Teglar :  BunyodkorOKMK
Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - OKMK uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Superliga, 7-tur
"Bunyodkor" — OKMK - 1:0
28 aprel 2025. Toshkent, "Bunyodkor" stadioni. 19:00
Hakamlar: 
Timur To'xtasinov, Ziyodullo Abdurahmonov, Anvar Marajabov, Mamur Ilhomov
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin
VAR: Firdavs Norsafarov
AVAR: Edita Mirabidova
Komissar: Шahzod Xolboev

Gol: Temurxo'ja Abduxoliqov 25, - 1:0 (Muzaffar Olimjonov).

"Bunyodkor": 13.Hamidullo Abdunabiev, 2.Nikoloz Mali (5.Aleksandr Zevadinov, 83), 4.Najmiddin Normurodov, 6.Boburbek Yo'ldoshev, 7.Odiljon Hamrobekov, 9.Imeda Ashortia (8.Martin Шroler, 69), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 15.Marko Bugarin, 23.Asadbek Rahimjonov (57.Amir To'raqulov, 69), 74.Luis Kachorri (22.Azizbek Amonov, 75), 77.Muzaffar Olimjonov (18.Narimjonjon Ahmadjonov, 75).
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 10.Rasul Yo'ldoshev, 30.Sardor Abdunabiev, 66.Azizbek To'lqunbekov.

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 3.Sardor Rahmonov, 5.Giorgi Papava (11.Ruben Sanches, 46), 6.Avazbek O'lmasaliev (28.Arixiro Sentoku, 46), 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 9.Kleydi Daci (27.Ali Abdurahmonov, 46), 10.Xurshid G'iyosov (99.Asadbek Sobirjonov, 77), 15.Oybek Rustamov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Saidafzalxon Ahrorov, 77.Nodirbek Abdurazzoqov (8.Aziz Xolmurodov, 77).
Zaxira: 25.Dilshod Yoqubov, 4.Mirjamol Qosimov, 13.Eldorbek Begimov, 19.Ahmadullo Muqumjonov, .

Ogohlantirishlar: Marko Bugarin 12, Kleydi Daci 44, Najmiddin Normurodov 45+1, Muzaffar Olimjonov 66,



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILAШ


90+6. O'yin tugadi. "Bunyodkor" - OKMK 1:0

90+4. ZARBA! Abduxoliqovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!

90+2. O'ng qanotdan Xolmurodov uzatgan to'p to'g'ri Abdunabievning qo'liga borib tushdi

90. Uchrashuvga 6 daqiqa qo'shildi

90. UXXX! Sobirjonovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi! 

84. Xavfli vaziyat! Temurxo'ja Abduxoliqov birga bir vaziyatga chiqib noaniq zarba berdi, qanot hakami o'yindan tashqari holat ham borligini ko'rsatdi

83. O'zgarish. "Bunyodkor". Mali o'rniga Zevadinov tushdi

77. O'zgarishlar. OKMK. Abdurazzoqov va G'iyosov o'rniga Xolmurodov va Sobirjonov tushdi

76. UXX! Ruben Sanches uzatgan to'p hech kimga tegmay maydonni tark etdi!

75. O'zgarishlar. "Bunyodkor". Kachorri va Olimjonov o'rniga Amonov va Ahmadjonov tushdi

69. O'zgarishlar. "Bunyodkor". Ashortia va Rahimjonov o'rniga Шroler va To'raqulov tushdi

66. ZARBA! Abdurazzoqovning jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin Abdunabiev to'pni qaytardi!

66. Ogohlantirish. "Bunyodkor". Muzaffar Olimjonov

63. ZARBAAA! Ahmadalievning kuchli zarbasidan keyin Abdunabiev to'pni egallab oldi!

55. UXXX! Ashortia birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va Ilyosov tomonidan yiqitildi. Qanot hakami o'yindan tashqari holatni qayd etdi. VAR tekshirdi va ofsaydni tasdiqladi

50. Xavfli vaziyat! Nodir Abdurazzoqov birga bir vaziyatga chiqib bordi, uning zarbasi yo'liga Hamrobekov to'g'anoq bo'ldi!

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarishlar. OKMK. O'lmasaliev, Papava va Daci o'rniga Ruben Sanches, Ali Abdurahmonov va Arixiro Sentoku tushdi

45+5. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:0

45+1. Ogohlantirish. "Bunyodkor". Najmiddin Normurodov

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi

44. Ogohlantirish. OKMK. Kleydi Daci

38. ZARBA! Giorgi Papavaning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasidan keyin Abdunabiev to'pni ushlab oldi! 

26. Havo issiqligi uchun futbolchilarga suv ichib olishga imkoniyat berildi

25. GOL! 1:0. Burchakdan Olimjonov uzatgan to'pni Temurxo'ja Abduxoliqov boshi bilan darvozaga yo'lladi! 




16. O'yinda kichik to'xtalish, Ilyosov va Maliga shifokorlar yordam ko'rsatishdi.

15. Xavfli vaziyat! Temurxo'ja Abduxoliqov Ilyosovni xato qilishga majbur qildi, Kachorri darvozabonsiz qolgan darvozaga zarba berdi, Sardor Rahmonov to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi!

14.GOL! Nikoloz Mali birga bir vaziyatga gol urdi, ammo qanot hakami o'yindan tashqari holatni ko'rsatdi va gol inobatga olinmadi. VAR ham bu vaziyatda ofsayd borligini tasdiqladi

12. Ogohlantirish. "Bunyodkor". Marko Bugarin

5. ZARBA! Ashortianing jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasidan keyin Ilyosov to'pni egallab oldi!

1. O'YIN BOШLANDI!

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика