So’nggi yangiliklar

06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  4 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  1 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  2 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  5 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  4 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0

Superliga. Avgust oyining eng yaxshi futbolchisi malum qilindi Yangiliklar

Superliga. Avgust oyining eng yaxshi futbolchisi malum qilindi

Bilasiz, O'zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oyning eng yaxshilarini aniqlab kelmoqda.

Mazkur so'rovnomada Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy sayti (www.PFL.uz)da o'tkazilgan so'rovnoma orqali qabul qilindi.

Ortda qolgan avgust oyida 3 ta tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. O'tkazilgan 20-21-22-turlar davomida bir qator futbolchilar mazmunli o'yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo'lishdi.

Jamoalar murabbiylari, sardorlari va muxlislar o'rtasida tashkil etilgan so'rovnoma yakunlariga ko'ra, “Metallurg” jamoasi azosi Islom Isoqjonov avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. O'tgan oyda 3 o'yinda maydonga tushib, 4 marta raqiblari darvozasini ishg'ol etgan va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan Isoqjonov so'rovnomada eng ko'p ochko jamg'arishga erishdi. Mahoratli futbolchini 7 nafar murabbiy va sardor 1-o'ringa, yana 13 nafari esa 2-o'ringa joylashtirdi. Qolaversa, PFL rasmiy saytida o'tgan muxlislar so'rovnomasida ham aynan bekobodliklar etakchisi eng ko'p ovoz to'pladi.

Ikkinchi pog'ona esa 2 ta gol va 2 assistga mualliflik qilgan AGMK jamoasi yarim himoyachisi Jasur Hasanovga nasib etdi. Uchinchi o'rindan esa “Paxtakor” hujumchisi Ismoil Gonsalvesh (3 o'yin, 3 gol) o'rin egalladi.

Qaysi murabbiy va sardorlar kimga ovoz bergani esa birozdan so'ng PFL saytida elon qilinadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика