So’nggi yangiliklar

22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  3 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  4 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  0 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  25 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  29 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  2 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  23 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1

Superliga: 8-tur ramziy terma jamoasi FOTO Yangiliklar

Superliga: 8-tur ramziy terma jamoasi FOTO

Teglar :  ramziy terma jamoa
Superliganing 8-turida o'zining yorqin o'yinlari bilan ajralib turgan futbolchilardan tuzib chiqilgan ramziy terma jamoani etiboringizga havola etamiz.

Superliganing 8-turi gollarga boy tarzda kechmadi. Aksincha, ko'plab o'yinlarda gol ham urilmadi. Bu turda asosan darvozabonlar va himoyachilar nisbatan ancha faol va ishonchli harakat qilishdi. SHu boisdan ham ramziy terma jamoamiz bu safar himoyaviy taktik uslubda, yani 5-4-1 sxemadan iborat bo'ldi.

Darvozada "Buxoro" posboni Asilbek Omonov. Omonov shu kuni "Qizilqum" jamoasining bir qator xavfli hujumlarini bartaraf etishda jonbozlik ko'rsatdi va jamoasining g'alabasiga munosib ulush qo'shdi.

Himoya markazidan uch nafar futbolchi o'rin oldi. Bular "Paxtakor" himoyachisi SHerzod Azamov, "Metallurg" azosi SHerzod Fayziev hamda AGMK legioneri Vladimir Bubanya. Aynan shu uch markaziy himoyachilar ushbu turda ishonchli o'yinlari bilan ajralib turishdi.

O'ng qanot himoyasida "Neftchi" vakili Iskandar SHoyqulov qo'yildi. CHap qanot esa Sanat SHixovga ishonib topshirildi. Bu ikki futbolchi "Metallurg" va "Qizilqum"ga qarshi o'yinlarda o'z faolliklari bilan boshqalardan ajralib turishganini etirof etish mumkin.

Yarim himoyaning tayanch nuqtasiga "Loko" futbolchisi Kaxi Maxaradze joylashtirildi. Toshkent derbisida Maxaradze maydon markazini boshqarishda jonbozlik ko'rsatdi.

Markaziy yarim himoyada esa "Paxtakor" futbolchisi Bahrom Abduraximov qo'yildi. Abduraximov nafaqat "Paxtakor" safida, balki butun tur bo'yicha eng yaxshi o'ynagan futbolchiga aylandi. "Navbahor"ga qarshi bahsda aynan Abduraximovning faolligi va jonbozligi evaziga maydon egalarining hujumlari keskin ko'rinish oldi.

Qanot vingerlari sifatida "Loko"dan Sardor Mirzaev hamda "So'g'diyona" azosi Sardor Azimov ramziy terma jamoaga loyiq ko'rildi. Bu ikkala Sardorlar o'z jamoalarining joriy turdagi uchrashuvlarida o'z faolliklari bilan ajralib turishdi.

Hujum chizig'ida futbolchi tanlashda muammoga duch keldik. CHunki Superliganing 8-turida sof hujumchilardan gol urganlari juda kam bo'ldi. Faqatgina Marat Bikmaev ikkita penaltidan adashmadi. Ammo ikkinchi penalti aslida yo'q joydan o'ylab topilganini inobatga olib, hujumchi rolini bu safar "Paxtakor"ning hujumkor futbolchisi Tiago Bezerraga ishonib topshirdik. Aynan Bezerraning chiroyli ijrodan keyin kiritgan yagona goli yakunda "Paxtakor"ga muhim g'alabani taqdim etdi.

SHu tariqa Superliganing 8-tur ramziy terma jamoasi quyidagicha ko'rinish oldi:

Darvozabon: Asilbek Omonov ("Buxoro")

Himoyachilar: Iskandar SHoyqulov ("Neftchi"), SHerzod Fayziev ("Metallurg"), SHerzod Azamov ("Paxtakor"), Vladimir Bubanya (AGMK), Sanat SHixov ("Buxoro").

Yarim himoyachilar: Kaxi Maxaradze ("Lokomotiv"), Bahrom Abduraximov ("Paxtakor"), Sardor Azimov ("So'g'diyona"), Sardor Mirzaev ("Lokomotiv")

Hujumchi: Tiago Bezerra ("Paxtakor")

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика