So’nggi yangiliklar

18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  0 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  4 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  4 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  3 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  31 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  2 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0

Superliga 4-tur. "Qaldirg'ochlar" parvozi davom etadimi? "Andijon" birinchi g'alabasiga yaqin, vodiy derbisi va boshqa o'yinlarga taxminlar Yangiliklar

Superliga 4-tur. "Qaldirg'ochlar" parvozi davom etadimi? "Andijon" birinchi g'alabasiga yaqin, vodiy derbisi va boshqa o'yinlarga taxminlar

Bugundan Superliganing 4-tur uchrashuvlari start oladi. Mazkur turda bizlarni bir nechta qiziqarli uchrashuvlar kutmoqda.

Bu uchrashuvlar oldidan taniqli futbol mutaxassisi Ulug'bek Mirzaevning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Buxoro" - "Bunyodkor"

- "Buxoro"ning iltimosiga ko'ra o'yin "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuvda favorit "qaldirg'ochlar" bo'lib turibdi. Lekin Ulug'bek Bakaev ham yomon jamoa shakllantirmagan. Taxminim bahs durang natija bilan yakunlanadi. 

"Surxon" - "Qo'qon-1912"

- Termizdagi o'yinda kuchlar teng kelsa kerak, chunki "Surxon" hali o'z o'yinini topib olgani yo'q. "Qo'qon-1912"da esa "chaqilmas yong'oq" kabi jamoa tashkil qilingani kabi tasavvur paydo bo'ldi. Taxminim bu o'yinda ham jamoalar murosa ko'chasini tanlashadi. 

"Qizilqum" - "Xorazm"

- 5 aprel kunidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Xorazm" bellashuvida navoiyliklarning g'alaba qozonish imkoniyatini balandroq hisoblayman. 

"Neftchi" - "Navbahor"

- Farg'onaliklar nihoyat bu turda birinchi g'alabasiga erishsa kerak. 

"Sho'rtan" - "Nasaf"

- Bu o'yin Qarshida bo'lib o'tadi. "Nasaf" raqibidan kuchliroq ko'rinmoqda. Shu bois "ajdarlar" qiyinchiliksiz g'alaba qozonadi degan taxminni bildiraman.

"Andijon" - "Mashal"

- "Andijon" - "Mashal" o'yinida mezbonlarning imkoniyatini kengroq baholayman. "Andijon" nihoyat 3 ta durangdan so'ng joriy mavsumdagi birinchi g'alabasiga erishadi deb o'ylayman. 

"So'g'diyona" -  "Paxtakor"

- Ivan Boshkovich jamoasi o'yinda jamoaviylikka etibor qaratib ko'p hujumlar tashkil qilyapti. Oldinga o'tmoqda. "Paxtakor" sekin-asta o'ziga kelmoqda. "Sherlar" ushbu bahsda g'alabani o'ziniki qiladi degan fikrdaman. 

OKMK - "Dinamo"

- OKMK o'z o'yinini topib oldi. Zaxira o'rindig'i ham juda yaxshi. Mezbonlar osonlikcha g'alaba qozona olmaydi. "Dinamo" ham munosib o'yin ko'rsatadi ayniqsa oldingi chiziq vakillari yaxshi hujumlar qilmoqda. OKMK qiyinchilikka duch kelishiga qaramay 3 ochkoga ega chiqadi deb o'ylayman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика