Superliga-2025. Kim penaltilardan ko'p jabr ko'rdi?
06 dek 11:15
Yangiliklar
Superliga-2025. Kim penaltilardan ko'p jabr ko'rdi?
Mavsum davomida hakamlar tomonidan belgilangan 11 metrlik zarbalar ko'plab o'yinlarning taqdirini hal qildi. Bu raqamlar nafaqat jamoalarning himoya va hujumdagi samaradorligini, balki darvozabonlarning mahorati, hakamlar faoliyati va futbolchilarning ruhiy barqarorligini ham namoyon etdi.
Darvozabonlar: Qahramonlar va omadsizlar
Penaltini qaytarish — futbaldagi eng qiyin vazifalardan biri. Mavsumning eng muxim qahramonlaridan biri Shohruh Eshbo'taev bo'ldi. U qaytargan 4 tadan 3 ta penalti nafaqat statistika, balki jamoasi uchun muhim ahamiyat kasb etdi.
Valijon Rahimov ham mavsumni ijobiy qayd bilan yakunladi — 3 tadan 2 tasini amalda zararsizlantirdi.
Biroq barcha darvozabonlar ham omadli bo'lmadi. Umidjon Ergashev uchun bu mavsum yodda qolarli bo'lmadi: u qarshi olgan 5 ta penaltining barchasini o'tkazib yubordi. Penaltini qaytarish — nafaqat reakciya, balki psixologiya. Darvozabon va zarba ijrochisi o'rtasidagi psixologik duel ko'pincha o'yin taqdirini belgilab beradi.

Eng ko'p penalti bilan “jabrlangan” klublar
Har bir penalti — himoya xatosi yoki hakam bahosining oqibati. Mavsum davomida bazi klublar 11 metrlik zarbalarga nisbatan ko'proq “jabr” ko'rdi.
"Qizilqum" — eng ko'p penalti belgilangan jamoa. Darvozasiga 9 ta penalti, shulardan 7 tasi gol.
"Navbahor" — 9 ta penalti qabul qildi, ammo darvozabonining harakatlari sabab faqat 5 tasi golga aylandi.
Intizomiy xatolar, qo'pol harakatlar, jarima maydonidagi kamchiliklar — bunday penaltilarning asosiy sabablari bo'lib qolmoqda.
Mavsumning eng toza jamoasi — "So'g'diyona"
Ajablanarli holat: "So'g'diyona" o'z darvozasiga butun mavsum davomida atigi 1 bor penalti belgilanishiga guvoh bo'ldi. Bu jamoaning intizomi, strategik himoyasi va o'yin madaniyati yuqori ekanini ko'rsatadi.
Eng ko'p foyda ko'rgan klublar
Futbolda penalti ishlab olish ham katta mahorat. Hujumda faollik, raqibni qiyin ahvolga solish va tezkorlik bunda asosiy rol o'ynaydi.
"Navbahor" — mavsumda eng ko'p penaltiga ega bo'lgan jamoa. 8 ta penalti, shulardan 6 tasi gol
"Nasaf" — 7 ta penalti ishlab oldi, 5 tasini golga aylantirdi.
"Qo'qon-1912" — 6 ta imkoniyatdan 5 marotaba muvaffaqiyatga erishdi.
Bu jamoalarning hujumdagi faolligi, raqib jarima maydonidagi bosimi va dinamik o'yini samara berayotganidan dalolat.
Eng kam foyda — "Mashal"
O'tgan mavsumda "Mashal" uchun eng ko'p qisman salbiy ko'rsatkich qayd etilgan — faqat 1 ta penalti. Bu jamoaning hujumda pasiv o'ynayotganidan dalolat bo'lishi mumkin.
Hakamlar: eng ko'p nuqtaga ishora qilgan boshqaruvchilar
Mavsum davomida penalti belgilagan hakamlar faoliyati ham alohida etiborga molik:
Olim To'ychiboev — 7 bor 11 metrlik nuqtani ko'rsatgan.
Ibrohim Ismoilov — 5 ta holat.
Ilgiz Tantashev — 5 ta penalti.
Hakamlarning bunday ko'rsatkichlari ular boshqargan o'yinlarda shiddat, qo'pollik va keskinlik yuqoriligini ko'rsatadi.

Ijro mahorati: Igor Sergeev eng yaxshisi
Penalti ijrochilari orasida esa Igor Sergeev mutlaq etakchi bo'ldi. U tepgan 4 ta penaltining barchasini ishonchli golga aylantirdi. Uning sovuqqonligi, texnik harakatlari va ruhiy barqarorligi yuqori darajada ekani yana bir bor isbotlandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
"Реал Мадрид" ва ниҳоят Ла Лигада ғалаба қозонди. Мбаппедан дубль
Плей-офф: "Қўқон-1912" ва "Машъал" Суперлигада қолди
Fikrlar