So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

Superliga-2025. Birinchi davraning esda qolarli lahzalari Yangiliklar

Superliga-2025. Birinchi davraning esda qolarli lahzalari

Superliganing birinchi davrasidagi esda qolarli voqealarni yodga olamiz

Superliganing 2025 yilgi mavsumidagi ilk o'yinda OKMK va "Buxoro" o'zaro bellashdi.

OKMK zaxira o'rindig'i "Buxoro"ga qarshi o'yinda

"Bunyodkor" yarim himoyachisi Icuki Urata "Neftchi" darvozasiga urgan golini nishonlamoqda.

"Neftchi" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda jarima zarbasini ijro etmoqda.

"Qo'qon" – "Andijon" o'yinida futbolchilar havodan kelayotgan to'p uchun kurashmoqda.

"Navbahor" va "Dinamo" futbolchilari to'p uchun kurash olib bormoqda.

"Navbahor" himoyachisi Saidazamat Mirsaidov "Dinamo" yarim himoyachisi Anvar Hojimirzaev bilan to'qnashib ketdi.

"Xorazm" va "Sho'rtan" futbolchilari yakkakurashda ishtirok etmoqda.

"Xorazm" himoyachisi Vladimir Bubanya jamoasining "Sho'rtan" darvozasiga urgan golini nishonlamoqda.

"Nasaf" yarim himoyachisi Sharof Muhiddinov "So'g'diyona" darvozasini nishonga oldi.

"Nasaf" va "So'g'diyona" futbolchilari salqinlanib olmoqda.

"Buxoro" yarim himoyachisi Javohir Ro'ziev "Qizilqum" darvozasiga urgan golni nishonlamoqda.

"Neftchi" darvozaboni Eldor Suyunov va himoyachi Anvar G'ofurov "Qo'qon-1912" hujumchisi Jasur Xolto'raev bilan to'p uchun kurashmoqda.

"Andijon" himoyachisi Oleg Zoteeev "Nasaf" darvozasiga chalqancha uslubda zarba yo'llamoqda.

"So'g'diyona" hujumchisi Lyupcho Doriev "Navbahor" darvozasiga urgan golni nishonlamoqda.

"Navbahor" hujumchisi Ruslanbek Jiyanov "So'g'diyona" darvozasiga urgan golni nishonlamoqda.

"Sho'rtan" yarim himoyachisi "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda qanotda to'pni o'ziga bo'ysindirishga harakat qilmoqda.

"Bunyodkor" hujumchisi Luis Kachorri "Sho'rtan" darvozasiga urgan golni nishonlamoqda.

Surxondaryoga qaytgan "Surxon"ni qo'llab-quvvatlayotgan mahalliy muxlislar

OKMK o'z maydonida "Paxtakor"ni tiz cho'ktirdi.

OKMK – "Paxtakor" uchrashuvida oqshom manzarasi.

"Xorazm" muxlislari jamoasini qo'llab-quvvatlamoqda.

"Qo'qon-1912" muxlislari

"Qo'qon-1912"ning muvaffaqiyatsiz transferi bo'lgan kot-d'ivuarlik hujumchi Amed Kobena

"Surxon" yarim himoyachisi Dmitriy Pletnyov

"Bunyodkor"ning jajji muxlisi

OKMK futbolchilari "Qizilqum" darvozasini ishg'ol qilmoqda.

OKMK darvozaboni Javohir Ilyosov "Qizilqum" darvozasiga urilgan golni nishonlamoqda.

"Navbahor" – "Andijon" uchrashuvida tartibsizlik yuzaga keldi.

"Paxtakor" himoyachisi Abdulla Abdullaev to'pni o'ziga bo'ysindirmoqda.

"Dinamo" yarim himoyachisi Anvar Hojimirzaev "Paxtakor" darvozasiga g'alaba golini urdi.

"Paxtakor" sobiq bosh murabbiyi Pedru Moreyra "Mashal" bosh murabbiyi Asror Aliqulovga Portugaliya qovog'ini sovg'a qilmoqda.

"Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev "Mashal" darvozasini ishg'ol qildi.

"Bunyodkor" futbolchilari "Buxoro" darvozasiga urilgan golni nishonlamoqda.

"Nasaf" hujumchisi Husayn Norchaev "Sho'rtan" darvozasiga yo'l topdi.

"Neftchi" muxlislari "Navbahor"ga qarshi o'yinda  shunday manzara hosil qilishdi.

"Neftchi" yarim himoyachisi Abror Ismoilov "Navbahor" darvozasi tomon zarba yo'llamoqda.

"Neftchi" hujumchisi Muhammadali G'iyosov "Navbahor" darvozasiga zarba yo'lladi. 

OKMK va "Dinamo" o'rtasidagi o'yinda hisob ochilmadi.

"Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev "So'g'diyona" darvozasi tomon zarba yo'llamoqda.

"So'g'diyona" hujumchisi Lyupcho Doriev "Paxtakor" darvozasiga to'p kiritdi.

"So'g'diyona" darvozaboni Milan Mitrovich "Paxtakor"ga qarshi o'yinda jarohat olib, maydonni tark etmoqda.

"Mashal" futbolchilari "Andijon"ga qarshi o'yin oldidan suratga tushmoqda.

"Andijon" futbolchilari "Mashal" ustidan qozonilgan g'alabani muxlislari qarshisida nishonladi. 

"Navbahor" – "Sho'rtan" o'yini atmosferasi

"Navbahor" vakillari "Sho'rtan" ustidan qozonilgan g'alabani nishonlamoqda.

"Mashal" "Neftchi" yarim himoyachisi Jamshidl Iskanderovning burchak uzatmasi golga aylanishiga to'sqinlik qila olmadi.

"Neftchi" darvozaboni Botirali Ergashev "Mashal" ustiidan qozonilgan g'alabani nishonlamoqda.

"Bunyodkor" yarim himoyachisi Muzaffar Olimjonov "Qizilqum" darvozaboni Sanjar Quvvatov bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi.

"Qo'qon-1912" yarim himoyachisi Iqbol Malikjonov "Buxoro" darvozasiga urilgan golni nishonlamoqda.

"Xorazm" futbolchilari OKMKning standart vaziyatini bartaraf etishga hozirlik ko'rmoqda.

"Nasaf" – "Surxon" uchrashuviga tashrif buyurgan muxlislar

"Nasaf" yarim himoyachisi Oybek Bozorov "Surxon"ga qarshi o'yinda maydondan chetlatildi.

"Paxtakor"ni "Andijon"ga qarshi o'yinda qo'llab-quvvatlash uchun tashrif buyurgan maskot

Toshkentda "Paxtakor"ni mag'lub etgan "Andijon" klubi va uning muxlislari 

"Dinamo" – "So'g'diyona" uchrashuvida maydonga yugurib chiqayotgan bolakay va uni to'xtatishga urinayotgan xavfsizlik xodimi

"Nasaf" darvozaboni Abduvohid Nematov

"Nasaf" himoyachisi Igor Golban "Buxoro" darvozasini bosh bilan aniq nishonga oldi.

"Neftchi" – "Paxtakor" uchrashuviga tashrif buyurgan Jahongir Ortiqxo'jaev

"Paxtakor" himoyachisi Umar Adhamzoda sobiq jamoasi – "Neftchi" darvozasini ishg'ol qilmoqda.

OKMK hujumchisi Xurshid G'iyosov "So'g'diyona"ga qarshi o'yinda g'alaba golini urdi.

"Andijon" – "Dinamo" uchrashuvida mezbon muxlislar yon hakamning bosh qismiga shikast etkazdi.

"So'g'diyona" himoyachisi Stanislaev Andreev "Andijon"ga qarshi bahsda Asker Najafalievga etiroz bildirmoqda."Qo'qon-1912" – "Xorazm" uchrashuvida futbolchilar havodagi to'p uchun kurashmoqda.

"Nasaf" muxlislari "Qizilqum"ga qarshi o'yin oldidan shunday manzara hosil qilishdi."Nasaf" futbolchilari "Qizilqum" darvozasiga urilgan golni nishonlamoqda.

"Paxtakor" futbolchilari "Sho'rtan" darvozasiga urilgan golni nishonlamoqda."Paxtakor" yosh muxlisi Diyor Xolmatovning libosini so'ramoqda.

"Bunyodkor" va OKMK futbolchilari to'p uchun kurash olib bormoqda."Bunyodkor" hujumchisi Temirxo'ja Abduxoliqov OKMK darvozasini ishg'ol qilmoqda.

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinda

"Qo'qon-1912" futbolchisi "Bunyodkor" darvozasiga g'alaba golini urdi.

"Buxoro" muxlislari "Mashal"ga qarshi o'yinda klub bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaevni qo'llab-quvvatlamoqda.

OKMK darvozaboni Dilshod Yoqubov "Andijon"ga qarshi o'yinda to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ymoqda.

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Andijon" ustidan qozonilgan g'alabani nishonlamoqda.

"Dinamo" futbolchilari "Sho'rtan"ga qarshi o'yindagi g'alabani muxlislari qarshisida nishonlamoqda."Neftchi" va "So'g'diyona" fubolchilari to'p uchun kurashmoqda.

Xavfsizlik xodimlari "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovichni tinchlantirishga harakat qilmoqda.

"Andijon" hujumchisi Rustam Turdimurodov"Neftchi" darvozaboni Botirali Ergashev "Andijon" futbolchisi tomonidan yo'llangan zarbani qaytarmoqda.

"Neftchi" futbolchilari "Andijon" ustidan qozonilgan g'alabani nishonlamoqda.

"Andijon" – "Neftchi" uchrashuvini boshqargan Ilgiz Tantashev

"Paxtakor"ga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangan Kamoliddin Tojiev "Buxoro"ga qarshi o'yinda ijobiy natijaga erishdi.

"Paxtakor" va "Buxoro" futbolchilari havodagi to'p uchun kurashmoqda.

"Paxtakor" yarim himoyachisi Muhammadali O'rinboev "Buxoro" darvozasiga urgan golini muxlislar qarshisida nishonlamoqda.

"Qo'qon-1912" – OKMK uchrashuvida to'p muxlislar o'tirgan sektorga borib tushdi.

OKMK futbolchisi "Qo'qon-1912" ustidan qozonilgan g'alabani nishonlamoqda.

"Navbahor" hujumchisi Ruslan Jiyanov "Xorazm"ga qarshi o'yinda zarba yo'llamoqda.

"Nasaf" hujumchisi Ruben Hebay "Bunyodkor" darvozasiga urilgan golni nishonlamoqda.

"Nasaf" muxlislari "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda jamoasini qo'llab-quvvatlamoqda.

"Qizilqum" legionerlari tandemda "Mashal" darvozasini ishg'ol qildi.

"Buxoro" va "Dinamo" o'rtasidagi bahsda kuchlar teng keldi.

"Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov "Buxoro"ga qarshi o'yinda

"Qo'qon-1912" va "Nasaf" futbolchilari to'p uchun kurash olib bormoqda."Bunyodkor" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov "Navbahor"ga qarshi o'yinda penaltini qaytarishga taraddud ko'rmoqda.

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev 

"Navbahor" yarim himoyachisi Shohmalik Komilov "Bunyodkor" darvozasini ishg'ol qildi.

OKMK va "Neftchi" futbolchilari to'p uchun kurashmoqda.

OKMK darvozaboni Humoyunshoh Sattorov "Neftchi"ga qarshii o'yinda gol o'tkazib yubordi.

OKMK darvozaboni, sharhlovchi Xayrulla Hamidovning o'g'li Muhammad Ubaydullaev "Neftchi"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushib, debyutini o'tkazdi.

"Nasaf" – OKMK uchrashuvidan oldin 

"Nasaf" hujumchisi Dragan Cheran OKMKga qarshi o'yinda g'alaba golini urdi.

"Andijon" yarim himoyachisi Bektemir Abdumannonov "Surxon"ga qarshi o'yinda urgan golini nishonlamoqda.

"Paxtakor" – "Xorazm" uchrashuvida mezbonlar shunday manzara hosil qilishdi.

"Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev "Xorazm" darvozasiga urgan golni nishonlamoqda

"Navbahor" hujumchisi Ruslan Jiyanov "Qo'qon-1912" darvozasiga urgan golni nishonlamoqda

"Mashal" himoyachisi Sherzod Fayziev "Bunyodkor" darvozasiga urgan golni nishonlamoqda

"Qo'qon-1912" – "Mashal" o'yinida futbolchilar to'p uchun kurashmoqda.

"Bunyodkor" – "Paxtakor" uchrashuvidan oldin futbolchilar akciya doirasida suratga tushishmoqda

"Bunyodkor" – "Paxtakor" uchrashuvida legionerlar to'p uchun kurashmoqda.

OKMK himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev O'zbekiston terma jamoasi tarkibida jahon chempionatiga yo'l olgani uchun klub rahbariyati tomonidan taqdirlandi.

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Sho'rtan"ga qarshi o'yinda

"Nasaf" hujumchisi Dragan Cheran "Navbahor" darvozasini ishg'ol qilmoqda.

"Andijon" – "Qizilqum" o'yinida futbolchilar to'p uchun kurashmoqda.

"Neftchi"ning yosh muxlisalari 

"Neftchi" himoyachisi Ibrohimxalil Yo'ldoshev hga nisbatan fol ishlatildi.

"Navbahor" himoyachisi Azim Ahmedov va OKMK hujumchisi Xurshid G'iyosov o'rtasida to'qnashuv sodir bo'ldi.

"Paxtakor" yarim himoyachisi Diyor Xolmatov "Qo'qon-1912" darvozasiga urgan golini nishonlamoqda.

"Paxtakor" hujumchisi Brayan Riaskos "Qo'qon-1912" darvozasiga urgan golini nishonlamoqda.

"Qo'qon-1912" yarim himoyachisi Muhammadanas Hasanov "Dinamo" darvozasi tomon zarba yo'llamoqda.

"Dinamo" himoyachisi Jahongir O'rozov maydondan chetlatilmoqda.

"Nasaf" hujumchisi Dragan Cheran "Paxtakor"ga qarshi o'yinda

"Nasaf" futbolchilari "Paxtakor" darvozasiga urilgan golni nishonlamoqda. 

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev

"Bunyodkor" – "So'g'diyona" uchrashuvidagi manzara

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev "So'g'diyona" darvozasiga urilgan golni nishonlamoqda

"Surxon" yarim himoyachisi Dmitriy Pletnyov OKMKga qarshi o'yinda assist amalga oshirmoqda.

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va klub yarim himoyachisi Mirjamol Qosimov

"Neftchi" futbolchilari "Dinamo"ga qarshi o'yinda hakamga etiroz bildirmoqda.

"Sho'rtan" himoyachisi Aziz Pirmuhammadov "Qizilqum" darvozasiga bosh bilan zarba yo'llamoqda.

"Qizilqum" futbolchisi "Sho'rtan" darvozasiga urilgan golni nishonlamoqda

"Mashal" va OKMK futbolchilari to'p uchun kurash olib bormoqda

"Bunyodkor" futbolchisi Nosir Abdusalomov to'pni o'ziga bo'ysindirishga harakat qilmoqda

"Bunyodkor" futbolchilari "Andijon"ga qarshi o'yindagi g'alabani muxlislar qarshisida nishonlamoqda

"Navbahor" hujumchisi Alisher Odilov "Paxtakor" darvozaboni Vladimir Nazarov bilan to'p uchun kurash olib bormoqda

"Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev "Navbahor" darvozasiga urilgan golni nishonlamoqda

"Nasaf" himoyachisi Sherzod Nasrullaev "Dinamo"ga qarshi o'yinda to'pni o'ziga bo'ysundirishga harakat qilmoqda.

"Dinamo" yarim himoyachisi Anvar Hojimirzaev "Nasaf"ga qarshi o'yinda to'pni o'ziga bo'ysindirishga harakat qilmoqda.

"Neftchi" hujumchisi Zoran Marushich "Xorazm" darvozasiga urilgan golni nishonlamoqda


Qadrli o'quvchi, siz uchun qaysi surat yoki voqealar esda qolarli bo'ldi, fikrlaringizni izohda yozib qoldirishingiz mumkin.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Superliga-2024. Mavsumning esda qolarli lahzalari

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика