So’nggi yangiliklar

20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  0 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  0 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  4 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5

Superliga-2023. Eng ko'p penalti tepgan klub qaysi? Eng ko'p penalti qaytargan darvozabon kim? Yangiliklar

Superliga-2023. Eng ko'p penalti tepgan klub qaysi? Eng ko'p penalti qaytargan darvozabon kim?

Yakuniga etgan mavsumning statistikalarini berishda davom etamiz. Navbat penaltilarga keldi.

2023 yilgi Superligada hakamlar jami 80ta penalti belgilashdi va undan 61tasi gol bilan yakunlandi.

Eng ko'p penalti tepgan klub OKMK bo'ldi. Olmaliq shahri jamoasi mavsum davomida 9 marta penalti tepish huquqiga ega bo'ldi va 8ta gol urishga erishdi. Ikkinchi o'rinni "Navbahor" egalladi - 8ta penalti va 5ta gol. "Neftchi", "Qizilqum" va "Nasaf" klublari 7tadan penalti tepishdi. "Olimpik" belgilangan barcha penaltilardan gol urgan yagona klub bo'ldi - 6tadan 6ta.

Penaltidan eng ko'p gol ura olmagan klublar "Nasaf" va "Navbahor" - 3tadan.


Penalti tepganlar

Klub

Penalti belgilangan

Penaltidan urilgan gol

OKMK

9

 8

Navbahor

8

 5

Neftchi

7

 6

Qizilqum  

7

 5

Nasaf  

7

 4

Olimpik  

6

 6

Paxtakor  

6

 5

Surxon

6

 5

Turon  

6

 4

Metallurg

5

 4

Bunyodkor  

4

 3

Andijon  

3

 2

Buxoro  

3

 2

So'g'diyona  

3

 2


Endi klub darvozasiga belgilangan penaltilar haqida malumot beramiz. 2023 yilda Superligada "Qizilqum" darvozasi tomon eng ko'p penalti belgilandi - 11ta. Raqiblar shundan 7tasini golga aylantirishdi. Darvozasiga penaltidan eng ko'p gol urilgan klub "So'g'diyona" bo'ldi - 9ta. Jizzax klubi darvozasiga belgilangan barcha penaltilar gol bilan tugadi.

"Neftchi", "Nasaf" va "Navbahor" darvozalari tomon eng kam 2tadan penalti belgilandi.



Uning darvozasiga tepilgan penaltilar


Klub

Darvozasiga belgilangan penalti

Penaltidan urilgan gol

Qizilqum

11

7

So'g'diyona  

9

9

Turon

9

8

Paxtakor

9  

6

Metallurg

6  

5

Bunyodkor

6  

3

Andijon

5

5

OKMK

5

4

Olimpik

5

4

Buxoro

5

3

Surxon

4

2

Neftchi

2

2

Nasaf

2

2

Navbahor

2

1



Penaltini eng ko'p qaytargan darvozabonlar Sanjar Quvvatov ("Paxtakor") va Suhrobjon Sultonov bo'ldi - 3tadan. Javohir Ilyosov ("Qizilqum") va Luka Kukich ("Buxoro") 2tadan penalti qaytarishdi. Artyom Makosin ("Qizilqum"), Akmal Ortiqov ("Metallurg"), Artyom Potapov ("Surxon") va O'tkir Yusupov ("Navbahor") 1 martadan penaltini qaytarishdi.

Rahimjon Davronov ("Turon") qo'riqlayotgan darvoza tomon 9 marta penalti belgilandi va ularning barchasi gol bilan tugadi. Milan Mitrovich ("So'g'diyona") esa 7ta penaltining hech birini qaytara olmadi.

Penaltini eng ko'p tepgan futbolchi Xurshid G'iyosov (OKMK) bo'ldi - 7 marta. Yarim himoyachi penaltidan 6ta gol urdi.

Islom Kenjaboev ("Qizilqum") bu mavsum penaltidan 2 marta gol ura olmagan yagona futbolchi bo'ldi. Yaqinda "Nasaf"ga o'tgan yarim himoyachi mavsum davomida jami 4 marta penalti tepdi.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика