So’nggi yangiliklar

20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  1 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  2 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  14 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0 18:41Слот Исакнинг ўйинига баҳо берди  1 18:18"Реал" "Ювентус"га Эндрикни ижарага олишни таклиф қилганди. Италия клуби рад этди  0 17:55Ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ 4-саралаш босқичи ўйинида ишлайди  1 17:46ЖЧ-1998 саралаши. Миржалол Қосимов: "БААга пенальтидан гол ура олмаган ўйинимда майдонга тушишга лойиқ эмасдим, телевизорга қарашга уялганман"  4 17:34​Билич Ўзбекистонда эмас, собиқ жамоасида иш бошлаши мумкин  8 17:15Манба: Ўткир Юсуповнинг жароҳати кутилганидан жиддийроқ бўлиб чиқди  5 17:10Суперлига. "Сурхон" - "Машъал" (матнли трансляция)  2 16:47Ўзбекистонлик ҳакам университетлар ўртасидаги Жаҳон чемпионати учрашувини бошқарди  0 16:27ЎФФ раҳбарияти Осиё Кубоги саралаши олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  2 15:59"Ливерпуль" еврокубокда илк бор англиялик футболчиларсиз таркибни майдонга туширди  6 15:33Фарғонада "Нефтчи" ғалаба қозонадими? Олмалиқда нима бўлади? — 22-тур олдидан мутахассис фикри  6

Superliga. 12-tur laureatlari Yangiliklar

Superliga. 12-tur laureatlari

Coca Cola Superligada 12-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Saytimiz o'z annasiga sodiq qolgan holda tur laureatlarini aniqladi. 


AGMK bilan o'yinda "Navbahor" posboni O'tkir Yusupov jamoasini bir necha bor muqarrar gollardan qutqarib qoldi. O'tgan ikki turni kasalligi tufayli o'tkazib yuborgan Yusupov tuzalganiga ko'p bo'lmasdan turib maydonga tushdi va ishonchli harakat qila oldi. To'g'ri o'tkazib yuborilgan golda O'tkirning xatosi kuzatildi, biroq bu uning o'yin davomidagi qolgan harakatlariga rahna sola olmadi. SHunday qilib O'tkir Yusupov championat.asia talqiniga ko'ra 12-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.




"Navbahor" klubida AGMKga qarshi o'yindan oldin bir qator asosiy tarkib futbolchilari kasallik tufayli maydonga tusha olishmadi. SHunga qaramay "lochinlar" peshqadamlar safida borayotgan jamoaga qarshi munosib harakat qilishdi va 1:1 hisobida durang o'ynashdi. SHu kuni Azizbek Turg'unboevning birinchi taymda urgan goli juda chiroyli chiqdi. Championat.asia talqiniga ko'ra turning eng chiroyli goli muallifi - Azizbek Turg'unboev.






SHota Arveladze boshchiligidagi "Paxtakor" mavsum davomida juda ham ko'p g'alabalarga erishadi. SHunga qaramay Arveladze doim ham tur murabbiyi bo'lavermaydi. Biroq bu turda "sherlar" Toshkent derbisida "Lokomotiv"ni shunchaki "sochib" tashlashdi. Agar zarur bo'lganida "Paxtakor" yana gollar urishga qodir edi. SHu bois Championat.asia talqiniga ko'ra SHota Arveladze 12-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.



"Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov "Lokomotiv" bilan uchrashuvda maza qilib futbol o'ynadi desak xato bo'lmaydi. Uch marta sheriklariga golli uzatmani amalga oshirgan Jaloliddin ikkinchi taymda chiroyli gol urishga ham erishdi. Osiyo chempionlar ligasidan oldin Masharipovning mana shunday ajoyib formaga kirib borayotgani odamni quvontiradi. Championat.asia talqiniga ko'ra Jaloliddin Masharipov 12-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

 


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика