So’nggi yangiliklar

14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  2 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  0 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  11 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  1 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  5 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5

Suness: "Hujum qilishda "Manchester Siti" va "Arsenal" "Liverpul"dan yaxshiroq" Yangiliklar

Suness: "Hujum qilishda "Manchester Siti" va "Arsenal" "Liverpul"dan yaxshiroq"

"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Grem Suness mersisaydliklarning Arne Slot qo'l ostidagi o'yinidan hayratda emasligini aytdi.

"Arne Slot boshqaruvni qo'liga olganidan keyin jamoada kuchayish ko'rmadim. Fikrimcha, jamoa juda himoyaviy o'yin ko'rsatmoqda, balki, ular ochiqroq va hujumkorroq o'ynashi kerakdir. Ular meni hayratlantirishdimi? Yo'q.

"Manchester Siti" va "Arsenal"ning o'yinlarini ko'rar ekanman, ular "Liverpul"dan yaxshiroq ekanligini sezib turibman. Slot yaxshi start oldi, futbolchilarga u bilan ishlash maqul kelmoqda. Lekin hozir jamoa g'alabalarga erishmoqda. Mag'lubiyatlar ketidan muammolar ko'rinishni boshlaydi. Kafolat beraman, muammolar boshlanganda umuman boshqacha Arne Slotni ko'ramiz.

"CHelsi"ga qarshi o'yinning so'nggi daqiqalarida ular o'yinni o'ldirishga harakat qilishdi. Bu yaxshi holat emas, bu "Liverpul"ning uslubi emas. Lekin g'alaba qozonsang, seni maqtashadi. Agarda mag'lub bo'lsang: "Bu "Liverpul"ning uslubi emasdi. Boshqacharoq o'ynash kerak", deyishadi.

Hozircha biz Klopp davridagi rok-n-rollni ko'rmayapmiz. Tarixan olib qarasak, jamoa doimo tashabbusni qo'liga olib o'yin ko'rsatgan", - dedi Suness.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика