So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

Students Cup. Farg'ona politexnika instituti jamoasi mavsumoldi taqdimot marosimi o'tkazdi Yangiliklar

Students Cup. Farg'ona politexnika instituti jamoasi mavsumoldi taqdimot marosimi o'tkazdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi "O'zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5887 sonli Farmonlari ijrosini taminlash maqsadida xududlarda yoshlarni sportga keng ko'lamda jalb etish, xususan futbol sport turining ommaviyligini oshirish borasida bir qator samarali ishlar olib borilmoqda.

Xususan, bugun Farg'ona politexnika institutining futbol jamoasi mavsumoldi taqdimot marosimini o'tkazdi. Marosimda institutning ilmiy ishlar va innovaciyalar bo'yicha prorektori, texnika fanlari doktori Zohidbek Xamroqulov, Farg'ona futboli faxriylari - Abdusamad Do'rmonov, Sergey Lebedev, Diyorbek Irmatov va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Joriy mavsum oldidan turli musobaqalarda o'z oldiga sovrinli o'rinlarni maqsad qilib qo'ygan institut jamoasining mavsumoldi taqdimot marosimi ko'tarinki ruhda tashkil etildi. Marosim davomida so'zga chiqqan mutassaddi rahbarlar Farg'ona politexnika instituti futbol klubiga mavsum davomida omad va g'alabali onlar yor bo'lishini, xususan Respublika oliy talim muassasalari futbol jamoalari o'rtasidan tashkil etiladigan Students Cup musobaqasida g'oliblikni qo'lga kiritishlariga tilak bildirdilar.


Jamoa azolari: 

1.SHoyadbek Sirojiddinov, 2.Davronbek Rahmonaliev, 3.Ozodbek Yo'ldashaliev, 4.Nurmuhammad Adhamjonov, 5.Jahongir Mamatmusaev, 7.Akmal Muhammadjonov, 8.SHukur Jumaboev (S), 10.Talabjon To'ychiev, 12.Islombek Saydullaev, 17.Mirjalol Anvarov, 19.Islombek Abdunazarov, 20.Firdavs Nazirtoshev, 22.Abbosbek To'ychiev, 23.Oyatullo Ergashev, 27.Fayziddin Abdumannopov, 70.Umidjon Alijonov, 77.Muhammadrizo Yusupov.

Bosh murabbiy: Jasurbek Xamroqulov.


Bekzod Tolibov, Farg'ona shahridan Championat.asia uchun maxsus


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика