So’nggi yangiliklar

19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  3 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 18:42"Ал Батаэҳ" — "Хорфаккан". Ғаниев асосий таркибда  0 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 17:13"Самахи" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  4 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  0 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  3 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  8

O'zbekiston terma jamoasining Qatarga qarshi o'yinoldi matbuot anjumani (to'liq) Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasining Qatarga qarshi o'yinoldi matbuot anjumani (to'liq)

Ertaga, 14 noyabr kuni O'zbekiston MTJ JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi 5-turi doirasida Qatar mehmoni bo'lishidan xabaringiz bor.

Biroz avval "Jassim Bin Hamad" stadionining matbuot anjumani zalida terma jamoamiz yordamchi murrabiyi Vlado Radmanovich ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unga futbolchimiz Otabek SHukurov hamrohliq qildi.


"Srechko Katanec matbuot anjumaniga kela olmagani uchun uzr so'raymiz. Ustozimiz sog'lig'i bilan kichik muammo bo'lgani uchun shifokorlar tavsiyasiga ko'ra kela olmadi. Barcha savollarga o'zim javob beraman. Ertaga oldimizda muhim o'yin kutib turibdi. Ikki terma jamoa uchun ham o'yin juda katta ahamiyatga ega. Biz ertangi o'yinga tayyormiz", – dedi Vlado Radmanovich.

"O'yinga tayyormiz, muhimi, asosiy tarkib jam bo'lgan. Men va jamoadoshlarim ertangi o'yinga tayyor", – deydi Otabek SHukurov.


- O'zbekiston milliy terma jamoasi Eron bilan etakchilik qilyapti. Osiyo Kubogining amaldagi g'olibiga qarshi qanday o'yin kutyapsizlar?

- Qatarning saralashdagi to'rtta o'yinini ko'rib chiqdik. Bizning vazifamiz – mag'lubiyatga uchramaslik. Buni yaxshi natija deb aytgan bo'lardik. Umuman olganda, Qatar yaxshi terma jamoa, ammo O'zbekiston terma jamoasi ham yaxshi holatda bu o'yinga etib kelgan.

- O'zbekiston MTJ so'nggi yillarda o'sib boryapti. Har doim sizlarga biroz omad etishmay kelgan. Bugun siz qanchalik JCHga tayyorsiz?

- Biz uch yildan beri O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan birgamiz. O'zbekiston chempionati va legionerlarini yaxshilab kuzatgan holda bugungi tarkibni shakllantirganmiz. Menimcha, O'zbekiston JCHga chiqishga tayyor.

- Qatar terma jamoasining bugungi holati yaxshi emas, aksincha, O'zbekiston yaxshi holatda. Bu ortiqcha bosim bermaydimi? Bundan tashqari, Qatarning hujum chizig'i ancha kuchli. Sizlar bunga qarshi qanday chora ko'rishingiz mumkin?

- Juda ham qiyin guruhdan o'rin olganmiz. Har bir o'yin biz uchun jiddiy. Eron, Qatar va BAA kabi terma jamoalarning saviyasi bir xil. Bitta xato uchrashuv natijasiga tasir o'tkazishi mumkinligini bilgan holda harakat qilamiz.

- Otabek SHukurovga savol. Ertangi o'yin revansh rolini o'ynaydimi?

- Osiyo Kubogi boshqa musobaqa. U erda biz penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berganmiz. Bu – lotereya. Ertangi o'yin esa boshqa. Biz JCHga chiqish yo'lida maydonga chiqamiz.




Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика