So’nggi yangiliklar

21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  0 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  2 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  5 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1 19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  4 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  3 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  5 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  7 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  18 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  3 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1

Srechko Katanec: "Bugungi o'yindan ko'nglim to'ldi. Yigitlarning o'z ishiga yondashuvi meni quvontirdi" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Bugungi o'yindan ko'nglim to'ldi. Yigitlarning o'z ishiga yondashuvi meni quvontirdi"

JCH-2026 saralashi doirasida Eron bilan o'ynalgan durangdan keyin O'zbekiston termasi bosh murabbiyi Srechko Katanec hamda futbolchi Oston O'runov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bugun o'yinni zaxiradan tomosha qilish oson bo'lmadi. Eronga qarshi erishilgan durang - yaxshi natija va men yigitlarni tabriklayman. Birinchi bo'limda ko'proq agressiv o'yin namoyish etishimiz kerak edi deb o'ylayman. Lekin ikkinchi taymda o'yinimizni yaxshiladik. 2:0 hisobidan durangga erishdik va bu juda yaxshi natija deb hisoblayman. Gollarni o'zimizning aybimiz tufayli o'tkazib yubordik.

Oston O'runov: - O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Bugun mag'lub bo'lishga haqqimiz yo'q edi. Ikki to'pni yo'qqa chiqarganimizdan juda ham xursandmiz. 

- Ikkinchi taymda Eron murabbiylari shtabi bilan janjallashib ketdingiz va tarjimonimiz maydondan chetlatildi. O'sha vaziyatda izoh berib o'tsangiz?

- Bu muhim vaziyat emas. Men hakamlarning ishiga baho bermayman. Eron terma jamoasining uslubi shunday, ular har doim shunday o'yin namoyish etishadi. 

- Birinchi bo'limda yigitlarning o'yini chiqmadi dedingiz. Tanaffusda futbolchilarga nimalar dedingizki, ular maydonga qaytib kambek amalga oshirishdi.

- Tanaffusda ularga qo'rmaqslik kerakligini aytdim. Biz to'pni tezroq harakatlantirishimiz kerakligini tushuntirdim. To'pni ko'p vaqt ushlab turishning foydasi yo'q.

- 0:2 hisobini durangga aylantirish albatta quvonarli. Ammo dastlabki ikki uchrashuvdan qanday hulosalar chiqardingiz. Qaerda kamchiliklar bor va qaysi poziciyalarni kuchaytirish uchun imkon bor deb o'ylaysiz?

- Bugungi o'yindan ko'nglim to'ldi. Futbolchilarning uchrashuvga bo'lgan yondashuvi meni quvontirdi. Yigitlar xarakter namoyish etishdi va 0:2 hisobini 2:2ga aylantirishdi. Men futbolchilarimizni o'z klublarida ham ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishini istayman. Ular o'z klublarida stabil tarzda o'ynab tursa, 20-30% foizga o'yinmizni kuchaytira olamiz. Uslubimiz ustida ishlashimiz kerak va hali o'yinimizni kuchaytira olamiz.

- Yosh futbolchilarga ko'proq imkoniyat berishingiz mumkin edi mening fikrimcha. Yosh futbolchilarga imkoniyat berishdan qo'rqayapsizmi masalan Fayzullaev va Xusanovlar asosiy tarkibda o'ynay oladi mening fikrimcha?

- Sekin astalik bilan ularga imkoniyat beramiz. Ular hali juda yosh. Masalan Xusanov juda iqtidorli, lekin u klubida deyarli o'ynamayapti. Terma jamoa qisqa vaqt yig'in olib boradi  va biz unga birinchi daqiqalardanoq ishonch bildirishimiz katta tavakkal.

Reyting: +79   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика