So’nggi yangiliklar

17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  9 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  4 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  0 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  8 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  17 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  4 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  8 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  15 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  4

Sportga baxshida umr Yangiliklar

Sportga baxshida umr

Teglar :  Tair Tashmuxamedov
O'zbekiston futboli va sportining fidoyilaridan biri, o'z ishining haqiqiy ustasi Tair Tashmuxamedov bugun 61 yoshini qarshi olmoqda.

SHuningdek, u hozirda O'zbekiston Pro-ligasi ishtirokchisi “PFK Nurafshon-Inter” klubi sport direktori vazifasini bajarmoqda. Respublika toifasidagi futbol hakami va FIFA referisi.

T.Tashmuxamedov o'zi boshqargan sport maskanlarida juda ko'plab iqtidor egalari voyaga etishgan.  Ular orasida mamlakat superligasi klublari, qolaversa, mamlakat milliy, olimpiya, yoshlar va o'smirlar terma jamoalari shanini himoya qilishgan. Xususan, Server Jeparov (Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi), Aleksandr Geynrix, Ilyos Zeytullaev, Igor Taran, Akmal Tursunboev, Eldor Tojiboev, Mirzakamol Kamolov, Aleksandr SHadrin, Farhod va Fazliddin Musaevlarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Mahoratli shogirdlaridan – Alisher Fayziev O'FA etakchi mutaxassisi. R.Qoratoev viloyat sport yakkakurashlari bo'yicha Ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabiga rahbarlik qilyapti. R.Tashuxamedov CHirchiq olimpiya zaxiralari kollejida sport ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari bo'lib ishlayapti. Ayub Isaev - O'zbekiston milliy chempionatida uchrashuv nazoratchisi. Vladimir Beglaryan – O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi. R.Musulmonov hozirda viloyat futbolni rivojlantirish jamg'armasi direktori, O.Tashmuxammedov esa sport murabbiyi bo'lib faoliyat yurityapti.

Fursatdan foydalanib, T.Tashmuxamedovga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, omad, kelgusi ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика