So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  15 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  171 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Bobosi yaponiyalik, buvisi braziliyalik bo'lgan, akasi sababli poziciyasini o'zgartirgan hamda kubok finalida hal qiluvchi 11 metrli zarbani ko'kka sovurgan "Bunyodkor"ning yangi legioneri bilan tanishamiz Yangiliklar

Bobosi yaponiyalik, buvisi braziliyalik bo'lgan, akasi sababli poziciyasini o'zgartirgan hamda kubok finalida hal qiluvchi 11 metrli zarbani ko'kka sovurgan "Bunyodkor"ning yangi legioneri bilan tanishamiz

SHuningdek, uning ijrosidagi supergolni tomosha qiling.

Vellington Matsukichi da Silva Taira 1996 yilning 10 aprelida Braziliyaning San-Paulu shtatidagi Itariri shahrida tug'ilgan.

Uning bobosi yapon millatiga mansub bo'lib, o'tmishda Yaponiyadan Braziliyaga ko'chib kelgan va shu erda muqim o'rnashgan. Buvisi esa braziliyalik. Bolakayning futbolga kirib kelishiga sababchilardan biri akasi sanaladi, aynan u Tairani futbol maktabiga olib borgan, da Silva o'sha erda shug'ullana boshlagan. 

Futbolchilik faoliyatimning dastlabki pallasida hujumkor yarim himoyachi poziciyasida harakat qilardim. Ammo akam agarda chap qanot himoyasida harakat qilsam, professionalda darajada o'ynash imkoniyatim yuqoriroq bo'lishini aytdi. Dastlab bu nuqtada harakatlanish menga manzur kelmadi, ammo hozirda o'zimni ushbu poziciyada qulay his qilaman.

"Sao Kaytano" u bilan professional shartnoma imzolagangan ilk jamoa hisoblanadi. Keyinchalik Vellington "Sao Bernardo", "Kaskavel", "Linense", "Masae" kabi jamoalarda faoliyat olib borgan. Futbolchining keyingi manzili esa Moldovaning "Belc" klubi bo'ldi.

"Masae"da o'ynagan kezlarimda Braziliyadan takliflar bo'lgandi, ammo bu variant qiziqroq ko'rindi. U erga o'tishimda do'stim Alvaro tashabbuschilardan biri bo'lgan.  

Tairaning "Belc"dagi debyuti kutilganidan omadliroq chiqdi — "Belc" mamlakatning etakchi klubi "SHerif"ni safarda 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Bu erda bundan yaxshiroq debyut bo'lmaydi. Keldim, o'ynadim va jamoa g'alabasida o'z hissamni qo'shdim. Maqsadim — hamisha jamoaga yordam berish. Braziliyada asosiy etiborni individual mahoratga qaratishadi. Moldovada esa jamoaviy o'yin va aniq paslarga urg'u berilarkan.

Vellington 2011/22 yilgi mavsum yakuniga ko'ra, chempionat ramziy terma jamoasidane o'rin oldi. 

SHuningdek, joriy yil himoyachi "Belc" safida Moldova kubogi yarim finalida "Univer Oguzsport" darvozasini (5:0) qoyilmaqom tarzda ishg'ol qildi. 

VIDEO

Kubokning hal qiluvchi bahsida "Belc" "SHerif"ga ro'baru keldi. Uchrashuvning asosiy va qo'shimcha vaqtida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasini "Belc" futbolchilari boshladi. hisob 6:6 bo'lib turgan bir pallada Taira tepgan to'pni raqib posboni qaytardi. Keyingi zarbani raqib futbolchisi Muhammad Diop aniq yo'lladi va jamoasiga navbatdagi sovrinni taqdim etdi.

Vellington ijtimoiy ishlarda ham faolligi bilan ajralib turadi. "Belc" tarkibida o'ynab yurganida, klub azolari bilan birgalikda shahardagi "Zambetul" nomli maktabgacha talim muassasasiga tashrif buyurib, istedodli bolakaylarga sovg'a ulashgan.

Futbolda ko'plab nyuans mavjud, misol uchun, men o'z oilam va do'stlarimdan olisda, o'zga madaniyat qurshovida yashayapman. Har doim bosim ostida vazifalarni aniq bajarish kerak. O'zga o'lkada ota-onamni sog'inaman. Kelajakda Evropa CHempionlar ligasi yoki Evropa ligasida o'ynashni hamda oilam uchun to'kin sharoit yaratishni orzu qilaman. Men filmlar tomosha qilishni, mashg'ulot zaliga borishni va Braziliya chempionati o'yinlarini kuzatishni yoqtiraman.

Bir necha kun ilgari Taira Toshkentning "Bunyodkor" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Men bu erdaligimdan xursandman. Bunday katta tarixga ega klubda o'ynash men uchun sharaf. "Bunyodkor" sharafini himoya qilish men uchun katta motivaciya. Maqsadim – jamoamga maksimal tarzda yordam berish va o'z o'yinimni sekin astalik bilan kuchaytirib borish. Futbolchilar bilan tanishib olishga ulgurdim. Jasur, Umid, Avaz bilan yaxshi do'st bo'lib oldik.


"Toma Tabatadze vadasini bajaradi. Jamoani yarim yo'lda qoldirmayman" — sevimli futbolchisi sharafiga familiyasini "o'zgartirgan", "qirol" laqabini olgan hamda "Navbahor" safida gol urgan gruziyalik legioner bilan yaqindan tanishamiz 


Oqil Abdubarnoev tayyorladi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика