So’nggi yangiliklar

21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  0 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  0 20:30АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" (матнли трансляция)  29 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  13 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2

Sport bozordagi eng zamonaviy 7 xil butsa Yangiliklar

Sport bozordagi eng zamonaviy 7 xil butsa

So'nggi bir necha yil davomida sport bozorida turli xil yangi butsalar paydo bo'ldi.

Deyarli har hafta yangi butsa namoyish etilyapti. Butsalar ko'pligi tufayli birortasini tanlash juda qiyin.

Biz o'ziga tortuvchi 7 xil butsani tanlab oldik va unda o'ynashi kerak bo'lgan futbolchining sifatlarini qo'shib o'tdik. Buni juda jiddiy qabul qilmang, ammo biz keltirgan sifatlar orqali qaysi butsa kimga tegishli ekanligini topib ko'ring.


Adidas X15 - Whiteout Edition


"SHarpalar" uchun mo'ljallangan butsa. Bunday futbochi ikki muvaffaqiyatli harakat qilishi va yarim soat ko'rinmay qolishi mumkin. U gol urishi yoki unga assistent bo'lishi mumkin, ammo maydonda ko'rinmaydi.  U himoyaga umuman qaytmaydi, bu futbolchi faqat gol urganida yoki golli oshirma berganida uni esga olamiz.


Nike Magista Obra – Electro Flare Pack


"Quchoqlovchi". Ikki qo'li bilan raqibni ushlab oladigan futbolchini tasavvur qiling. To'p uchun kurashish o'rniga, u futbolga oid bo'lmagan harakatlarni amalga oshiradi.


Nike Mercurial Vapor X Pink


"Primadonna". Maydonda etakchi bo'lishi juda muhim, ammo faqat futbol bilan bog'lanib qolmay, yorqin butsa kiyadigan etakchilar ham bor. U to'pni oldirib qo'ysa yaxshisi hech narsa demagan maqul, lekin uning jamoadoshi ushbu xatoga yo'l qo'ysa "Primadonna"dan eshitadiganini eshitadi.


Puma evoSPEED SL Leather - Electric Blue


"Umidsiz". Bu futbolchi darvozaga teskari turib to'pni qabul qiladi yoki ikki himoyachini aldab vaziyatni og'irlashtiradi.


Adidas X15 - Solar Blue


"Janob ajoyib". Ushbu futbolchi qulay vaziyatda yaxshi taasurrot qoldirmoqchi bo'ladi. U o'yinga bir qop eng zamonaviy butsalarni olib keladi. Bu o'yinchi maydonda mo'jiza yaratishi yoki o'z fintlarida adashib qolishi mumkin.


Under Armour Speedfrom Leather - Blackout


"Usta" - faqat dono futbolchigina bu butsani tanlaydi. U barchasini kiyib ko'rgan va bozordagi eng qulay butsa shu ekanligini biladi. Kamtargina qora dizayn. Bu futbolchi o'z tajribasini bo'lisha oladi va qanoti ostiga "polapon" futbolchilarni olishi mumkin.


Nike Hypervenom Phantom - Lewandowski


"Levi" - bu futbolchi ayni damda mashhurlik cho'qqisida. U gollarni qanday urishni bilasiz. Bundan tashqari, bu ishni ikkala oyog'i bilan ham yaxshi eplaydi. Agar jamoangizda shunday futbolchi bo'lsa, shunchaki to'pni unga bering va qolganini uning o'zi bajaradi?

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика