So’nggi yangiliklar

21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  2 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  69 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  15 20:52БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Ғаниев 59 дақиқа ўйнади  1 20:25АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 0:1 (матнли трансляция)  22 19:37Родри: "Арсенал"дан қасос олишимиз керак"  5 19:18"Арсенал" — "Манчестер Сити". Ҳусанов асосий таркибда  29 18:50Усмоновнинг сўнгги сонияларда киритган голи "Андижон"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  28 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  7 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  2 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  5 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  17 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  6 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  11 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  5

RPL. "Spartak" yirik g'alabani tantana qildi Yangiliklar

RPL. "Spartak" yirik g'alabani tantana qildi

Tez orada Rossiya Premer-ligasi 17-tur doirasidagi "Spartak" (Moskva) - "Tambov" o'yini yakuniga etdi.

Spartak Moscow

Jordan Larsson - 27', Ezequiel Ponce - 63', Jordan Larsson - 83', Samuel Gigot - 87', Ezequiel Ponce - 90'

Premier League . 17-tur

05/12/2020, 18:30

1
:
5
Tugadi

FC Tambov

German Onugkha - 65'

Stadion: Otkrytiye Arena

45'
90'
27'  Jordan Larsson
27'  Alex Kral
63'  Ezequiel Ponce
83'  Jordan Larsson
83'  Ayrton Lucas
84'  Jordan Larsson (Ilya Kutepov)
84'  Victor Moses (Andrei Eshchenko)
87'  Samuel Gigot
90'  Nail Umyarov (Dmitri Markitesov)
90'  Ezequiel Ponce
90'  Zelimkhan Bakaev
90'  Zelimkhan Bakaev (Oston Urunov)
90'  Alex Kral (Ruslan Litvinov)
65'  German Onugkha
65'  Dmitri Merenchukov
83'  Nikita Chicherin
86'  Dmitri Merenchukov (Lawrence Nicholas)

"Spartak" – "Tambov" 5:1

"Otkrytie Arena"

Gollar: 1:0 – 27 Larsson, 2:0 – 61 Ponse, 2:1 – 65 Onugxa, 3:1 – 83 Larsson, 4:1 – 87 Jigo, 5:1 – 90 Ponse.

"Spartak" – Maksimenko, Djikiya, Maslov, Jigo, Ayrton, Kral (Litvinov, 90), Mozes (Eshhenko, 84), Umyarov (Markitesov, 90), Bakaev (O'RUNOV 90), Larsson (Kutepov, 84), Ponse.

"Tambov" – Ryjikov, Volodko, Aroyan, CHicherin, Karasev, Kabaxidze, Merenchukov (Anwan, 86), Till, Gigashvili, Onugxa, Karapetyan.

Ogohlantirishlar: CHicherin (83).



Oston O'runov maydonga tushishi bilan bahs yakunlandi.

90+3. O'zgarish: O'runov Bakaev o'rniga maydonga tushdi.

90+2. GOOOOL! 5:1! Ponse Bakaevning uzatmasini golga aylantirdi. 

87. GOOOL! 4:1! Jigo o'z jamoasining 4-golini urdi. Qanotdan uzatilgan to'p palapartishlik sabab Jigoning oyog'iga tushdi va himoyachi yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi.

84. "Spartak"da o'zgarish: Larsson o'rniga Kutepov maydonga tushdi, Mozes o'rniga esa Eshenko.

83. GOOOL! Larsson hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirdi. Ayrton chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va to'pni Jordanga uzatdi. Larsson esa to'pni posbon ustidan tashlab qo'ydi.

77. Bakaev chap qanot burchak bayroqchasi oldida o'z jamoasi uchun burchak zarbasi ishlab oldi. Biroq standart jamoaga foyda keltirmadi.

70. Goldan ilhomlangan "Tambov" yana bir o'ta xavfli hujum uyushtirdi, qanotdan uzatilgan to'pni "Spartak" posboni qaytargan bo'lsa, hujumning ikkinchi to'lqini aniq zarba bilan yakun topdi. "Spartak"ning baxtiga Maksimenko to'pni ikkinchi urinishda ushlab oldi.

65. GOL! "Tambov" Ponsening goliga tezda javob berdi. Mehmonlarning ajoyib hujumchini Onugxa chiroyli zarba bilan yakunladi va hisobni qisqartirdi.

61. "Spartak" juda qulay vaziyatlardan foydalana olmadi. Avvaliga Larsson Rijikov bilan birga-bir chiqdi, posbon seyv ijro etdi. Qaytgan to'pga Ponse zarba berdi. Himoyachi to'pni darvoza ichidan qaytargandek ko'rindi. VAR ishga tushdi. GOOOL! Hakam gol ekanligini malum qildi.

60. O'zbekistonlik futbol ishqibozlari O'runov maydonga tushishini kutishmoqda, biroq hozircha "Spartak" ustozi o'zgarish haqida o'ylayotgani yo'q.

59. Mozesning "Tambov" jarima maydonchasiga uzatgan to'pi yo'lida hech kim yo'q edi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

42. Kral uzoq masofadan "Tambov" darvozasini nishonga olishga urindi, Rijikov seyv ijro etdi va to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

36. "Tambov"ning kam sonli hujumlaridan biri Onugxaning bosh bilan bergan zarbasi orqali yakunlandi. Ammo to'p darvozaga bormadi.

34. Mezbonlar hali ham o'yin bo'yicha raqibdan ustun va bu hisobda ham aks etib turibdi. "Tambov" esa markazdayoq to'pni oldirib qo'ymoqda.

27. GOOOL! "Spartak" hisobni ochdi. Kral qanotdan to'pni Larssonga uzatdi va Jordan to'pni darvozaga burib, o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

25. Bu "Spartak"ning joriy yil o'z maydonida o'tkazayotgan so'nggi uchrashuvi. "Qizillar" keyingi ikki turda "Sochi" va "Zenit" mehmoni bo'ladi. Mavsumning ikkinchi qismi esa 2021 yilning fevralidan start oladi.

21. "Tambov" tarkibida muammolar borligiga qaramay "Spartak" hozircha golga tortadigan birorta hujum tashkil qila olmadi.

16. Jigo himoyada xatoga yo'l qo'ydi, ammo to'pni olib qo'ygan Onugxa qulay vaziyatdan foydalana olmadi.

14. O'yin tempi yuqori emas, "Spartak" to'p nazoratini qo'liga olgan va asta-sekinlik bilan kombinacion hujumlar tashkil qilmoqda.

8. Larsson uchrashuvdagi dastlabki aniq zarba muallifiga aylandi, ammo Rijikov to'pni osonlik bilan egallab oldi.

6. Ayrtonga nisbatan qoida buzildi. To'p standartdan "Tambov" jarima maydonchasiga uzatildi va darvozaga berilgan ketma-ket zarbalar esa himoyachilar tomonidan qaytarildi.

1. Uchrashuv boshlandi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Moskvaliklarning o'zbekistonlik xavbeki Oston O'runov ushbu o'yinni zaxiradan boshlaydi. Mehmonlar tarkibida "Lokomotiv" (Moskva)dan ijara asosida o'ynayotgan yarim himoyachimiz Jasur Jaloliddinov esa ayni paytda jamoa bilan birga emas.


ROSSIYA PREMER-LIGASI TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI BILAN TANISHING

Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика