So’nggi yangiliklar

01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  3 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  1 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  2 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  10 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  1 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  0 23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  74 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  5 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  2

“Spartak” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak? Yangiliklar

“Spartak” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Teglar :  SpartakJCH-2018
Bugun, ananamizga muvofiq, Jahon CHempionati-2018 o'yinlari o'tkaziladigan stadionlardan biri “Spartak” haqida malumot beramiz.

•Jahon CHempionatining 4ta o'yini “Spartak” stadionida bo'lib o'tadi.
•Arena “Spartak” futbol klubi uy o'yinlarini o'tkazadigan stadion hisoblanadi. U erda FIFA Konfederaciya Kubogi-2017 uchrashuvlari ham bo'lib o'tgan.

O'yinlar
“Spartak” stadioni guruh bosqichining 4ta bahsini va 1ta 1/8 final uchrashuvini qabul qiladi.
Imkoniyatlari
Mundial vaqtida 45 000 tomoshabin stadionga tashrif buyurib, uchrashuvlardan bahramand bo'lishi mumkin.

Joylashgan o'rni
“Spartak” stadioni Rossiya poytaxtida bunyod etilgan arenalardan biri bo'lib, Moskvaning shimoli-g'arbida, Tushino tumanida joylashgan. U 2014 yil sobiq Tushin aerodromi o'rnida qurilgan. Moskva markazidan “Spartak” stadionigacha bo'lgan yo'l 40 daqiqani tashkil etadi.


Bilasizmi?
“Spartak” 2014 yilgacha turli stadionlarda mashg'ulot olib borar, uy o'yinlari ham har xil arenalarda o'tar edi. Hozirgi kunda stadion “qizil-ko'klar” arenasi hisoblanadi. Arena xuddi “Spartak”ning logotipi singari oq va qizil ranglarga bo'yalgan.  

Dastlabki o'yinlar
“Spartak” bu stadionda 2014 yildan beri turli musobaqalarda bahs olib bormoqda. Aynan shu stadionda Rossiya Premer-Ligasi, Rossiya Kubogi, Evropa Ligasi va UEFA CHempionlar Ligasi o'yinlaridan tashqari, Rossiya milliy terma jamoasining Litva, Moldaviya, SHveciya va Avstriya termalari bilan o'rtoqlik va rasmiy uchrashuvlari bo'lib o'tgan. O'tgan yili stadionda FIFA Konfederaciyalar Kubogining 4ta o'yinini bo'lib o'tgan edi.


Meros
Jahon CHempionati-2018dan so'ng, stadion “Spartak” klubining asosiy arenasi bo'lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, mundialdan so'ng, arena atrofida qurilishi boshlangan aholi uchun dam olish va ko'ngilochar maskanlar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.    


"Lujniki" stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?

“Rostov Arena” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?

“Ekaterinburg Arena” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?

"Qozon Arena" stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?

“Kaliningrad” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?

“Nijniy Novgorod stadioni” haqida nimalarni bilishimiz kerak?


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика