Sovetskiy sport: Zenit Kapelloni taklif qilishni rejalashtirmoqda
11 mar 2014 20:31
Yangiliklar


Sovetskiy sport: Zenit Kapelloni taklif qilishni rejalashtirmoqda
Zenit Luchano Spaletti o'rniga ayni paytda Rossiya terma jamoasini boshqarayotgan Fabio Kapelloni taklif qilmoqchi.
Peterburg jamoasi Kapelloni o'tgan mavsumdayoq jamoaga taklif qilmoqchi bo'lgan edi. Lekin o'sha paytda RFI va Sport vazirligi bir murabbiy birdaniga ikkita joyda ishlashiga to'sqinlik qilgan edi.
Hozirda Rossiya terma jamoasida may oyi yakunigacha xech qanday o'rtoqlik va rasmiy o'yinlar yo'q. Kapelloda jamoa uchun vaqt bo'lishi mumkin.
Rossiyada shunga o'xshash holat 2009 yilda ham kuzatilgan edi. O'shanda terma jamoa bosh murabbiyi Gus Xiddink CHelsini vaqtinchalik boshqargan edi.

Fikrlar