So’nggi yangiliklar

12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  0 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  3 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  1 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчилар билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  8 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  4 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  15 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  3 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  15 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  7

So'nggi soniyalarda to'p kiritib, "Bunyodkor" g'alabasini taminlagan yarim himoyachi, jamoasiga safarda muhim g'alaba olib kelgan murabbiy - Superligada 23-tur laureatlari Yangiliklar

So'nggi soniyalarda to'p kiritib, "Bunyodkor" g'alabasini taminlagan yarim himoyachi, jamoasiga safarda muhim g'alaba olib kelgan murabbiy - Superligada 23-tur laureatlari

Coca Cola Superligasining 23-turidan o'rin olgan uchrashuvlar yakunlandi.

"Championat.asia" o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqladi.

"Turon" azosi Rahimjon Davronov "Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 23-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 

Yaypanliklar darvozaboni ortda qolgan turda o'zini ko'rsatib, darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, uning jamoasi "So'g'diyona"ni 1:0 hisobida engishga erishdi.


"Nasaf" yarim himoyachisi Oybek Bozorov "Championat.asia" talqinida 23-turning eng yaxshi futbolchisi deya elon qilindi.  

"Nasaf" vakili "Navbahor"ga qarshi markaziy bellashuvda 85 daqiqa harakat qildi va jamoasining muhim g'alabasida katta hissa qo'shdi. U bir nechta vaziyatlarda darvozani nishonga olib, xavfli vaziyatlar hosil qildi va o'ziga xos paslari bilan boshqalardan ajralib turdi. 


"Bunyodkor" yarim himoyachisi Umid Sultonovning so'nggi soniyalarda "Neftchi" darvozasiga kiritgan to'pi "Championat.asia" talqiniga ko'ra 23-turning eng chiroyli goli (VIDEO) deb tan olindi. 

"Qaldirg'ochlar" hujumkor yarim himoyachisi "Neftchi" bilan bahsda jamoasining qarshi hujumini gol bilan yakunlay oldi. Etiborlisi, u 85-daqiqadan zaxiradan maydonga tushgan va gol urilgan paytda qo'shib berilgan vaqt tugab borayotgan edi.


OKMK ustozi Mirjalol Qosimov "Championat.asia" talqiniga ko'ra 23-turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi.

Olmaliqliklar ushbu turda safarda "Andijon" ustidan muhim g'alabaga erishdi (1:0). Jamoa ustozining bahsga to'g'ri taktika tanlagani g'alaba omili bo'lib xizmat qildi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика