Son Xen-Min mundialdagi eng kuchli termani aytdi
27 iyu 2018 11:45
Yangiliklar
Son Xen-Min mundialdagi eng kuchli termani aytdi
Janubiy Koreya termasi yarim himoyachisi Son Xen-Min dastlabki ikki uchrashuvdan keyingi mag'lubiyatdan keyin ham pley-offga chiqishga umid qilmoqda.
"Germaniya - mundialning eng kuchli termasi, ular FIFA reytingida eng yuqori pog'onani egallab turishibdi, ular amaldagi jahon chempioni. Germaniyada yashaganman va Bundesligada faoliyat olib borganman. Jahon chempionatida Germaniyaga qarshi o'yinda maydonga tushish men uchun katta voqea, faxr. Biroq natija muhim. Yaxshi o'yin ko'rsatib, natijaga erishishimiz kerak.
Germaniyani yuta olamizmi yoki yo'q, buni bilmayman. Ammo guruhdan chiqish uchun barcha ishni qilamiz. Biroq raqiblarimiz jahon chempionlari. Ko'pchilik ular Meksikaga mag'lub bo'lishini kutmagandi. Biz ham yaxshi tayyorgarlik ko'rganmiz", - dedi futbolchi.
Fikrlar