“So'g'diyona”ga koreyalik va serbiyalik legionerlar qo'shildi
30 iyu 2018 14:16
Yangiliklar
“So'g'diyona”ga koreyalik va serbiyalik legionerlar qo'shildi
Toshkentda yig'in olib borayotgan “So'g'diyona” jamoasi bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda. Ushbu o'yinlarda bir nechta futbolchilar sinovdan o'tkazilayapti.
Murabbiylar shtabi himoya va hujum chiziqlarini kuchaytirish maqsadida koreyalik iqtidorli xujumchi Kim Dong-Xini va serbiyalik himoyachi Milosh Simonovichni jamoa yig'iniga taklif etdi. 29 yoshli Kim Dong-Xi Janubiy Koreyaning “Sonnam” klubida faoliyat olib borgan. Milosh Simonovich esa Serbiyaning “Napredak” klubidagi faoliyati bilan tanilgan. Futbolchi Serbiya milliy terma jamoasida ham to'p surgan. “Nurafshon” ga qarshi nazorat uchrashuvida ularning maydonga tushishi kutilmoqda.
Fikrlar