So’nggi yangiliklar

02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  14 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  0 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  21 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  2 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  12 22:32РПЛ. "Рубин" ўз уйида "Ахмат"дан устун келди, Раҳмоналиев захирадан майдонга тушди, Ашурматов эса...  0 22:24Грилиш "Манчестер Сити"даги келажаги борасида қарор қабул қилди  3 21:34Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" 90+4 дақиқадаги гол сабаб мағлубиятга учради, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  0 21:10АПЛ. "Арсенал" ва "Ман Сити"дан ғалаба, "Брентфорд" – "Вулверхэмптон" ўйинида 8та гол урилди  4 21:06Фалькао, Савиола, Эрматов, Кападзе, Аҳмедов, Умаров... Юлдузлар иштирокидаги баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  7 20:31Дешам Мбаппе нега "Реал"нинг "Вильярреал" билан ўйини учун қайдномага кирганига тушунмаяпти. Форвардни жароҳати сабаб Франция термасига чақиришмаганди  9 19:55"Андижон" ўз тарихида биринчи бор ОЧЛда иштрок этади  51 19:38"Андижон" драматик ўтган баҳсда "Навбаҳор"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди  248

“So'g'diyona” yangi futbolchilning taqdimot marosimini o'tkazdi Yangiliklar

“So'g'diyona” yangi futbolchilning taqdimot marosimini o'tkazdi

Barcha jamoalar singari yangi mavsum oldidan “So'g'diyona” yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirdi.

Bugun soat 9:30 da “So'g'diyona” stadionining xollida “ So'g'diyona” jamoasining yangi  futbolchilarining tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi. Unda Jizzax viloyat hokimligi vakillari, viloyat futbol federaciya rahbarlari ,klub hodimlari, “So'g'diyona” ayollar,futzal jamoalari va OAV vakillari  ishtirok etdilar.


Dastavval ,tadbirni Jizzax viloyat hokimi sport ishlari bo'yicha o'rinbosari To'xtamishev Botir ochib berdi. U o'z so'zida viloyatimizda sportga bo'layotgan etibor,viloyatimiz sportchilari bugungi kunda erishayotgan yutuqlari haqida gapirib o'tdi. SHundan so'ng,viloyatimiz  bosh jamoasi “So'g'diyona”,ayollar va futzal jamoalariga  yangi mavsum oldidan omad tiladi. Superligada jamoamiz faqat g'alaba uchun kurashishi va jizzaxlik muhlislarni xursand qilishishi kerakligi takidlandi.

SHundan so'ng, Jizzax viloyatida futbolni ommalashtirish uni rivojlantirish yuzasidan Jizzax viloyat futbol federaciyasining birinchi vice prezidenti Anvar Musulmanov so'z oldi. U o'z so'zida “So'g'diyona” futzal jamoasini ilk sovrin bilan tabriklab, yil davomidagi rejalar va maqsadlar haqida gapirib o'tdi. “So'g'diyona” ning bu mavsumdagi maqsadi kuchli oltilikka kirish uchun kurashash ekanligi takidlandi.


Tadbir davomida “So'g'diyona” o'z logotipini taqdim etdi. Yangiliklar sari olg'a intilib borayotgan klubimiz bu yilgi mavsumdan etiboran yangi logotipiga ega bo'ldi. Unda asosiy planda turuvchi bo'ri aks ettirilgan. Tarixdan «Yashil bo'ri» nomi bilan tanilgan jamoamiz o'z tarixiy nomini tikladi. Logotipda Jizzax viloyatining tog'li hududlari tasvirlangan. Yashil rang tabiatni, oq rang esa poklik, tinchlik va musaffolikni anglatadi. Umid qilamizki ushbu yangi logotip jamoamizning zafarli yurishida omadli bo'ladi!




Jamoamiz bilan Toshkentda mavsumga tayyorgarlikni olib bordik. To'g'ri boshida qiyin bo'ldi lekin biz to'xtab qolmadik.  Selekciya ishlarini davom ettirib jamoaga yangi futbolchilarni saralab oldik. Balandparvoz gaplarni aytmayman. Lekin bir narsani ishonch bilan aytishim mumkinki, “So'g'diyona”ning boy tarixini tiklashga va raxbarlar qo'ygan vazifa yani kuchli oltilikka kirish uchun kurashamiz. Raqobatbardosh va chiroyli,muxlislarbob futbolni namoyish etishga jamoa va murabbiylar shtabi nomidan so'z beraman. Mavsumning ilk turida safarda “Paxtakor” ga qarshi bahs olib boramiz. Unda ham faqat g'alaba uchun kurashib, jizzaxlik muhlislarni xursand qilishga harakat qilamiz- dedi “So'g'diyona” jamoasi bosh murabbiyi Aleksand Mochinov



SHundan so'ng, jamoaning tajribali futbolchisi Dilmurod Karimov so'z oldi.

-Biz hammamiz bir oila bo'lib faqat g'alaba uchun kurashamiz. Har bir o'yinda maydonda borimizni berib muhlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Yaratilgan sharoitlar uchun viloyat va klub raxbarlariga minnatdorchilik bildiramiz. Yangi mavsum boshlanishi bilan barchani tabriklayman va shu o'rinda “So'g'diyona” ayollar va futzal jamoalariga ham omad tilayman-dedi Dilmurod Karimov.


Tadbirning asosiy qismida  esa jamoaga kelgan yangi futbolchilarga futbolkalar topshirildi.

 

Dilshod Xamroev

Ampluasi: darvozabon

Futbolka raqami: 23


Farxod Miraxmatov

Ampluasi: himoyachi

Futbolka raqami: 5


Doniyor Odilov

Ampluasi: Himoyachi

Futbolka raqami: 7



SHohruhbek Xolmatov

Ampluasi: himoyachi

Futbolka raqami: 15



Toxir SHamshitdinov

Ampluasi: 
himoyachi

Futbolka raqami: 33


Akmal Xolmurodov

Ampluasi: 
himoyachi
 
Futbolka raqami: 26



Dilmurod Karimov

Ampluasi: yarim himoyachi

Futbolka raqami:
6



Doniyor Xasanov

Ampluasi: yarim himoyachi

Futbolka raqami: 8




Sardorbek Azimov

Ampluasi: 
yarim ximoyachi

Futbolka raqami: 9



Alisher Ziyaviddinov

Ampluasi: 
yarim himoyachi

Futbolka raqami: 19



Jahongir Abdumo'minov

Ampluasi:
yarim himoyachi

Futbolka raqami: 31



Iqbol Malikjonov

Ampluasi: 
yarim himoyachi

Futbolka raqami: 20



SHoxruz Norxonov

Ampluasi
: hujumchi

Futbolka raqami: 10


Ruslan Melziddinov

Ampluasi: 
himoyachi

Futbolka raqami: 85


Nurillo To'xtasinov

Ampluasi: yarim himoyachi

Futbolka raqami: 99



Tanishing «So'g'diyona» – 2018!!!!!!!!!




Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика