"So'g'diyona" U-21 murabbiyi Stanislav Andreev: "Bu hayotimdagi yangi va muhim bosqich"
10 fev 10:30
Yangiliklar
"So'g'diyona" U-21 murabbiyi Stanislav Andreev: "Bu hayotimdagi yangi va muhim bosqich"
— Futbolchilik faoliyatingizni yakunlab, o'zbek futbolida yorqin iz qoldirdingiz. "So'g'diyona” U-21 jamoasi sizga ishonib topshirildi. Murabbiylik faoliyatingizda ulkan zafarlar va omad tilab qolamiz.
— Iliq so'zlaringiz va tabriklaringiz uchun katta rahmat. “So'g'diyona” klubi rahbariyati tomonidan bildirilgan ishonch men uchun katta sharaf, ayniqsa 21 yoshgacha bo'lgan yoshlar jamoasi bilan ishlash imkoniyati. Bu bosqich hayotimda yangi va juda muhim, chunki aynan “So'g'diyona”da men futbolchilik faoliyatimni yakunlab, murabbiylik faoliyatimni boshlaganman. Bu erda klubning kelajagi shakllanadi. Men futbolchilik yillarim davomida to'plagan barcha tajribamni yigitlarga berishga harakat qilaman: intizom, xarakter, professional munosabat va o'yinga bo'lgan muhabbatni.
Bizning maqsadimiz — faqat g'alabalarga erishish emas, balki asosiy jamoa darajasiga tayyor bo'lgan futbolchilarni tarbiyalab etishtirishdir!
— Yangi mavsumdagi jamoaning asosiy maqsadi qanday?
— Yoshlar jamoamizning asosiy vazifasi — faqat turnir jadvalidagi natija emas, balki “So'g'diyona” asosiy jamoasi uchun sifatli zaxira tayyorlashdir. Biz professional futbol talablariga — taktik, jismoniy va psixologik jihatdan tayyor bo'lgan futbolchilarni tarbiyalashimiz kerak. Shu bilan birga, albatta, raqobatbardosh bo'lib, yuqori o'rinlar uchun kurashishni ham xohlaymiz.
— Mavsumga tayyorgarlik qanday o'tmoqda va nimalarga urg'u berilmoqda?
Tayyorgarlik jarayoni juda intensiv tarzda o'tmoqda. Zamonaviy futbol yuqori temp va chidamlilikni talab qilgani sababli, biz jismoniy bazaga katta etibor qaratmoqdamiz. Shu bilan birga, taktik intizom ustida ko'p ishlayapmiz — ayniqsa himoyadan chiqish, pressing va hujumga tezkor o'tish jihatlarida. Men uchun jamoa jasur, tartibli va agressiv futbol o'ynashi muhim.
— Tarkibda qanday o'zgarishlar bo'ldi? Kimlardan progress kutyapsiz?
— Bu mavsumda tarkib yangilandi: 2005–2007 yillarda tug'ilgan bir nechta istedodli futbolchilar qo'shildi. Hozirning o'zidayoq keyingi bosqichga o'tishga tayyor bo'lgan futbolchilar guruhi mavjud. Ammo men alohida kimnidir ajratib ko'rsatishni istamayman — yoshlar futbolida tizim va raqobat muhimroq. Kim barqaror ishlasa va o'sishda davom etsa, albatta o'z imkoniyatini qo'lga kiritadi.
— Asosiy tarkibga o'tishi mumkin bo'lgan futbolchilar bormi?
— Ha, bunday futbolchilar bor. Bir nechta yigitlar allaqachon asosiy jamoa murabbiylar shtabi nazoratida. Bizning falsafamiz — agar futbolchi daraja va mentalitet jihatidan tayyor bo'lsa, yoshlarga yo'l ochib berish. Mavsum davomida U-21 jamoasidan “So'g'diyona” asosiy tarkibiga o'tishlarni albatta ko'ramiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
яқиндагина шу мураббий пахтакор ва терма формасида юрарди. Енди улғайиб тренер бўбди. Қанотладан тез югириб ҳужум бошларди. 28 номерда ўйнерди.
Рахматли отами еслатди. Твдан Пахтакори ўйинини кўриб ўтирардила. Шу болани мақтардила.
Ехххх,,, ажиб хотиралар...