So’nggi yangiliklar

16:25Пролига. "Жайхун" - "Олимпик-Mobiuz" 0:0  0 16:00Миржалол Қосимов ҳеч қачон "Андижон"га ютқазмаган   3 14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  1 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  4 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  7 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  4 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  2 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  8 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  5 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  17 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  14

"So'g'diyona" – "Turon" bahsini boshqargan Serazitdinov hakamlikdan chetlatildi Yangiliklar

"So'g'diyona" – "Turon" bahsini boshqargan Serazitdinov hakamlikdan chetlatildi

Kecha – 14 mart kuni O'zbekiston Superligasining 2-turidan o'rin olgan So'g'diyona – Turon uchrashuvida yuzaga kelgan holatlar futbol jamoatchiligining muhokamalariga sabab bo'ldi.

VIDEO  Buni ko'rish shart! "Turon" ustozi Islom Ismoilov "portladi": "Qachongacha??? SHumi adolat?!! Meni butun umrga futboldan olib tashlasa ham mayli!"

Bugun O'FA Hakamlik qo'mitasi tomonidan mazkur bahsni boshqarib borgan bosh hakam Viktor Serazitdinovning o'yin davomidagi xatti-harakatlari atroflicha tahlil qilib chiqildi.

Mutaxassislar «So'g'diyona» - «Turon» uchrashuvi video-lavhasini qayta ko'rib, vaziyatlarni sinchkovlik bilan o'rganib chiqdi. Tahlil natijasida, bosh hakam Viktor Serazitdinov uchrashuvning 29-daqiqasida «So'g'diyona» darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilamaganligi aniqlandi. SHuningdek, bosh hakam 52-daqiqada «Turon» futbolchisi o'z jarima maydonida to'pni qo'li bilan o'ynadi deya baholab, penalti belgilagan vaziyat xato ekanligi Qo'mita vakillari tomonidan qayd etildi.

O'FA Hakamlik qo'mitasining yakuniy qaroriga muvofiq, qo'pol xatolarga yo'l qo'yganligi hamda ushbu xatolar o'yin natijasiga tasir o'tkazganligi sababli Viktor Serazitdinovning mazkur uchrashuvdagi faoliyati qoniqarsiz deb baholandi va hakamlik faoliyatidan nomuayyan muddatga chetlatildi.


SHuningdek, O'FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspekciyasi tomonidan mazkur holat bo'yicha tegishli malumotlar, mazkur futbol uchrashuvi qaydnomasi va inspektor hisoboti, videomateriallarni o'rganib chiqish ishlari boshlandi. Noqonuniy holatlar aniqlangan taqdirda O'FA Etika qo'mitasi tegishli tartibda ko'rib chiqib, yakuniy qarorlarni qabul qiladi.

Reyting: +71   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика