"So'g'diyona": Taqdimot marosimi (fotogalereya)
14 mar 2014 17:13
Yangiliklar

"So'g'diyona": Taqdimot marosimi (fotogalereya)
Bugun jamoaga yangi taklif etilgan futbolchilarning taqdimot marosimi bo'lib o'tdi.
Dastavval muborak juma kunlarida, mavsum oldidan jamoa qarorgohida xatmi quron tilovat qilindi va qo'y so'yildi. Bu urf-odat o'zbek futboliga begona emas. Ko'p jamoa futbolchilari ushbu tadbir mavsumni jarohatlarsiz o'tkazishni niyat qiladi, yana kimdir o'z niyatlarini ijobat bo'lishini yaratgandan so'raydi.
So'ngra yangi mavsumda jamoaga taklif etilgan futbolchilar ommaga tanishtirildi. Suhrob Qobilov, Rustam Azamov, Jasur Hakimov, Sardor Eminov, Vusol Magerramov, Furqat Hasanboevlar ushbu mavsumda jamoa sharafini himoya qilishadi. Ushbu futbolchilarga mavsum davomida maydonda harakat qiladigan raqamlari elon qilindi. Futbolchilarni jamoa bosh murabbiyi Davron Fayziev yig'ilganlarga tanishtirdi. Tadbirda jamoa boshlig'i Jamshid Odilov, murabbiylar, futbolchilar, ommaviy axborot vositalari qatnashishdi.
Tadbir haqidagi fotolavhalar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Fikrlar