So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  22 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

So'g'diyona o'z safiga ikki legionerni qo'shib oldi Yangiliklar

So'g'diyona o'z safiga ikki legionerni qo'shib oldi

Teglar :  So'g'diyona
So'g'diyona Zominda yig'inning birinchi bosqichini yakunladi. Bugun jamoa o'z maydonlarida mashg'ulot o'tkazdi.

Tarkibida  bir qator o'zgarishlar bo'ldi. Mashg'ulotlarda ham  yangi futbolchilar ishtirok etmoqda .

Jizzax viloyati tarbiyalanuvchisi, mavsumni «Nasaf» tarkibida boshlagan Sanjar Rashidov yana jamoa bilan birga. Bir muddat «Mashal» jamoasida harakat qilgan xujumchi Ixtiyor Toshpo'latov ham tarkibga kelib qo'shildi. “Bunyodkor” jamoasi tarbiyalanuvchilari Nuriddin va SHoxjahon Xasanovlar  Sergey Ivanovich qo'l ostida mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. O'zbekiston yoshlar va milliy terma jamoasida harakat qilgan, “Paxtakor”dagi o'yinlari bilan barchaga tanish bo'lgan Javohir Soxibov ham «So'g'diyona» bilan birga.  Viloyat bosh jamoasi qolgan o'yinlarda kerakli ochkolarni to'plab, mavsumni yuqori o'rinlarda yakunlash maqsadida bir qator tajribali legionerlarni o'z safiga qo'shib olmoqda.


Rossiyaning «Moskva», «Ximki», «Luch Energiya», «Rotor»,  Belarussiyaning  “Dinamo” Minsk,  “SHaxtyor”  jamoalarida faoliyat olib borgan darvozabon Ilya Gavrilov, “Napredok”, “Byulis” Skope, «Metallurg» Skope, 2016—2017  yillarda «Pembruk Atleta», 2017 yilda Belorussiya klubi «Torpedo-BelAZ», makedon jamoasi «SHkendiyu» da to'p so'rgan va mavsumni Muborakning «Mashal» jamoasida boshlagan himoyachi Jalil Asanilar ham jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etishmoqda.


Ertadan jamoaning yig'inni poytaxtda davom ettiradi. Toshkentdagi yig'in davomida ham jamoa tarkibiga bir qator tajribali futbolchilar va legionerlar qo'shilishi kutilmoqda. Bizni kuzatib boring va barcha ishonchli malumotlar «So'g'diyona»ning rasmiy sahifalari orqali taqdim etib boriladi.

 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика