So’nggi yangiliklar

21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  0 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  1 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  7 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0

“So'g'diyona” matbuot kotibasi Dildora Xolboevaning taxmini to'g'ri chiqdi Yangiliklar

“So'g'diyona” matbuot kotibasi Dildora Xolboevaning taxmini to'g'ri chiqdi

Malumki, kecha 2018 yilgi super liga o'yinlariga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unda Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi matbuot xizmati vakili ham ishtirok etdi. Marosim yakuniga etgach, Dildora Xolboeva o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

-  Qura tashlash marosimi juda ajoyib tarzda tashkil etilgani alohida takidlash lozim. Muxlislar ham bevosita to'g'ridan-to'g'ri  efirda kuzatib borgani etiborga molikdir. Ilgari bunday bo'lmagandi. Har doimgidek oddiy yig'ilish emas Evropa va Osiyo chempionatlariga qura tashlash marosimi singari alo darajada tashkil etilgani meni juda xursand qildi.

-  Albatta, “So'g'diyona” jamoasining super liga 2018 da ishtirok etishi va kuchlilar qatorida ekanligidan xursandmiz. Jizzax viloyatidagi futbol ishqibozlari tabiiyki ushbu xushxabarni xursandchilik va shu bilan birga ko'tarinki kayfiyatda qabul qildi.

-  Quraga keladigan bo'lsak, jamoamiz 1-turda safarda “Paxtakor” jamoasiga qarshi bahs olib boradigan bo'ldi. O'tgan yili ham safarda o'tkazgandik. SHuning uchun bu hol yangilik emas.  To'g'ri qiyin bo'ladi chunki "Paxtakor" jiddiy raqib. O'tkan yilgi quraga ko'r, jamoamiz dastlabki 4 turni ham chempionatimizning grand jamoalariga qarshi o'tkazgan. Bu yilgi mavsumga qura natijasi ancha yaxshi bo'ldi deb o'ylayman.

-  Joriy mavsum birinchi turni o'z maydonimizda o'tkazishimizni kutgandim. Lekin dastlabki turda mamlakatimizning grand jamoalarning biri bilan o'ynashimizni taxmin qilgan edim. Yakunda taxminim to'g'ri chiqdi.

-  Super ligada 12ta jamoa bo'lgach nazarimda bundan-buyon hamma o'yinlarga markaziy uchrashuv sifatida  qaraladi. Bu esa muxlislarni stadionga qaytishiga, chempionatda “intriga” paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Buning barobarida har bir ochko oltinga teng bo'ladi deb  o'ylayman.  Ishqibozlarda qiziqish ortadi.

-  O'ylaymanki, bo'lajak mavsum juda chiroyli va qiziqarli bo'lib o'tadi. SHu o'rinda barchani yangi mavsum boshlanishi bilan tabriklayman va barcha jamoalarga omad tilayman!

Reyting: -48   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика