So’nggi yangiliklar

10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  0 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  2 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  4 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  10 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  11

"So'g'diyona": Ketganlar, kelganlar va o'rtoqlik uchrashuvlari haqida Yangiliklar

"So'g'diyona": Ketganlar, kelganlar va o'rtoqlik uchrashuvlari haqida

Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi mavsumga tayyorgarligini davom ettirish maqsadida Toshkentdagi yig'inini boshlab yubordi.
Davron Fayziev boshchiligidagi jamoa mashg'ulotlarni ikki mahal olib bormoqda. Unda asosan futbolchilarning jismoniy xolatini yaxshilashga qaratilgan. Jamoadan darvozabon SHirin Abdullaev, hujumchi Mo'min Meliev hamda himoyachi Dilmurod Ikromov ketganini aytib o'tish lozim. SHirin Abdullaev va Dilmurod Ikromov “Obod”, Mo'min Meliev esa “Mashal” tarkibida ko'rikdan o'tmoqda.

Toshkentdagi yig'in davomida o'tgan mavsumda “Andijon” sharafini himoya qilgan Azamat Isroilov va G'ulom O'runov, "Olmaliq”dan Doston Abdurahmonov, "SHo'rtan” jamoasidan Sunatilla Mamadaliev kelib qo'shilgan. Hozirda ular jamoa bilan mashg'ulotlarda qatnashib, ko'rikdan o'tmoqdalar.

Toshketdagi yig'in davomida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari ham rejalashtirilgan. Jamoa 21 yanvar kuni Qibrayning tabiiy maydonida “Neftchi”ga qarshi nazorat o'yinini o'tkazadi. O'yin soat 15:00 belgilangan. 23 yanvarda esa navbatdagi nazorat o'yinini “Qo'qon-1912”ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv soat 12:00da Qibraydagi maydonda o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ob-havoning qanday kelishiga qarab, o'yin “Paxtakor” klubiga tegishli CHilonzordagi suniy maydonga ko'chirilishi ham mumkin.

Yig'in davomida yana bir nechta futbolchilarning kelishi kutilmoqda. O'tkan mavsumni “So'g'diyona” tarkibida o'tkazgan Murod Xolmuhammedov, Muzaffar Muzaffarov, Bobur Qosimov, Jahongir Jiyamurodov, Akmal Xolmurodov, SHirin Abdullaev, Dilmurod Ikromov, Nodir Ashurmatov va Mo'min Melievga klub rivoji uchun qo'shgan hissasiga minnatdorchilik bildiramiz va keyingi faoliyatiga omad tilaymiz.

Dildora Xolboeva
"So'g'diyona" matbuot xizmati
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика