So’nggi yangiliklar

17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3

“So'g'diyona” ikkinchi liga klubi bilan durang o'ynadi Yangiliklar

“So'g'diyona” ikkinchi liga klubi bilan durang o'ynadi

Teglar :  So'g'diyona
“So'g'diyona” murabbiylar shtabi jamoaga kelgan yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazish maqsadida navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishdi.

Bu safar Toshkentning “Oq-tepa” jamoasi sparring raqib sifatida tanlandi. Bugun ushbu o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi va unda durang natija qayd etildi. Birinchi bo'limda ustunlik Jizzax klubi tomonida bo'ldi. Ko'p o'tmay bosh hakam tomonidan raqib darvoza tomon penalti belgiladi va undan Dilmurod Karimov unumli foydalanib, o'yindagi hisobni ochdi. O'yinning 19 -daqiqasida Ixtiyor Toshpo'latov ikkinchi bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. Birinchi bo'lim “So'g'diyona” foydasiga yakunlandi.

Ikkinchi bo'limda Aleksandr Mochinov “So'g'diyona” yoshlar vakillariga o'zlarini sinab ko'rish uchun imkon berdi va tarkibda asosan yoshlar harakat qilishdi. “Oq-tepa” futbolchilari esa ikkinchi bo'limda faol harakat qilib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHu tariqa o'yin 2:2 hisobida yakunlandi.

Bugungi o'yinda ayrim sabablarga ko'ra Sardor Eminov va Izzatilla Abdullaev ishtirok eta olmadilar.

“So'g'diyona” - “Oq-tepa”  2:2
Gollar: 
Dilmurod Karimov, Ixtiyor Toshpo'latov

“So'g'diyona”: SHerzod Abduraimov,Sardor Qulmatov, Umid Qodirov, Elyor Orifov ,Azamat Isroilov ,Damir Nizamov ,Ixtiyor Toshpo'latov ,SHerzod Jalilov, Otabek Haydarov, Dilmurod Karimov ,Doniyor Odilov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: SHirinboy Abdullaev, Nodir Qo'yboqov ,Hayot SHodmonov ,Obid Hakimov ,Raxmatillo Meliboev, Jasur O'rinov ,Saxob Rashidov,Oybek Nurmatov.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика