So’nggi yangiliklar

18:30U-17 ЖЧ. Италия – Ўзбекистон (матнли трансляция)  79 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  2 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  14 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  2 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  0 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  15 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  11 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  23 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  10 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  8

Superliga. "So'g'diyona" "Bunyodkor"ga javobsiz 4 ta gol urdi. Jizzax klubi o'yinni 10 kishi bo'lib yakunladi Yangiliklar

Superliga. "So'g'diyona" "Bunyodkor"ga javobsiz 4 ta gol urdi. Jizzax klubi o'yinni 10 kishi bo'lib yakunladi

Birozdan so'ng Superliga 9-tur doirasidagi "So'g'diyona" - "Bunyodkor" o'yini bo'lib o'tdi.

"So'g'diyona" – "Bunyodkor" 4:0 (TUGADI)

26 may. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 19:30

Bosh hakam: Rahimbek Karimov

Qanot hakamlari: Amir Galeev, Adham Rixsiboev

Zaxira hakami: Dauletbay Amanbaev

VAR: Ahrol Risqullaev

AVAR: SHohnur Yo'ldoshev

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov 

Komissar: Jamshid Imomov

Gol: Lyupche Doriev (Vladimir Yovovich) 10, 1:0,  Lyupche Doriev (Oleg Zoteev) 38, 2:0, Suhrob Izzatov (avtogol) 42, 3:0, Nodirjon Soyibov 75, 4:0

"So'g'diyona": 27. Milan Mitrovich (s), 3. Islomjon Qobilov, 4. Otabek Ahadov, 5. Jasurbek Yoqubov, 8. Vladimir Yovovich, 9. Samandarjon Mavlonqulov (18. Mirjalol Abdumutalov,87), 14. Lyupcho Doriev (11. Zoran Petrovich, 80), 15. Xondamir Mustafoqulov, 28. Stanislav Andreev ( 22. Aleksey Nosko, 66), 32. Nodirjon Soyibov, 33. Oleg Zoteev.

Zaxira: 21. Muhammadyusuf Sobirov, 6. Alisher Salimov, 17. Samandar Sindarov,  63. Nizomiddin Farhadov, 70. Bahodir Suyarqulov, 90. Ulug'bek Kenjaev.

"Bunyodkor": 71. Sarvar Karimov, 3. Mahmudjon Mahamadjonov, 4. Najmiddin Normurodov, 7. Suhrob Izzatov (s), 8. Fran CHiryak (17. Ollabergan Karimov, 77), 10. Rasul Yo'ldoshev (6. Samir Zelkovich, 87), 14. Mirjahon Mirahmadov ( 11. Temurxo'ja Abduxoliqov, 46), 22. Usmonali Ismonaliev, 66. Azizbek To'lqinbekov, 78. Tohirbek To'xtasinov (45. Farhod O'tkurov, 46), 99. Toni Yovich (25. Amirbek Saidov, 61)

Zaxira: 1. Marin Lyubich, 18. Narmonjon Ahmadjonov, 19. Bilol Tupliev, 77. Muzaffar Olimjonov.

Ogohlantirish: Jasur Yoqubov ("So'g'diyona") 39

CHetlatish: Xondamir Mustafoqulov ("So'g'diyona") 70

MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

87. O'ZGARISH. "Bunyodkor", Rasul Yo'ldoshev o'rniga Samir Jelkovich tushdi. 

87. O'ZGARISH. "So'g'diyona", Samandar Mavlonqulov o'rniga Mirjalol Abdumutalov tushdi. 

83. ZARBA. Temurxo'ja Abduxoliqovning pasi darvoza to'siniga tegib yo'nalishini o'zgartirdi. 

80. O'ZGARISH. "So'g'diyona", Lyupche Doriev o'rniga Zoran Petrovich tushdi. 

77. O'ZGARISH. "Bunyodkor", Frane CHiryak o'rniga Ollabergan Karimov tushdi. 

75. GOL. Bir kishi kam "So'g'diyona" "Bunyodkor" darvozasiga to'rtinchi golni urdi. Nodirjon Soyibov qaytgan to'pni o'zi zarba va gol bilan yakunladi.

70. CHETLATISH. "So'g'diyona" futbolchisi Xondamir Mustafoqulov raqib futbolchisining oyog'ini bosib olgani uchun chetlatildi. 

66. O'ZGARISH. "So'g'diyona", Stanislav Andreev o'rniga Aleksey Nosko tushdi. 

64. "Bunyodkor" xavfli hujum uyushtirdi. Usmonali Ismonaliev zarba berishda noaniq harakat qildi. 

61. O'ZGARISH. "Bunyodkor", Toni Yovich o'rniga Amirbek Saidov maydonga tushdi. 

55. Temurxo'ja Abduxoliqov yaqin masofadan darvozaga noaniq zarba berdi. 

46. O'ZGARISH. "Bunyodkor", Toxir To'xtasinov o'rniga Farhod O'tkirov tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus. 

43. GOL. Lyupche Doriev kim? U "So'g'diyona"ning gol mashinasi. Burchak zarbasidan so'ng himoyachilar to'pni qaytardi. Qaytgan to'p Dorievning oyog'iga tushdi va bitta zarba, yakunda gol. To'y yo'l yo'lakay Izzatovga tegib darvozadan joy oldi. Gol Izzatovga avtogol sifatida yozildi. 

39. OGOHLANTIRISH. "So'g'diyona", Jasur Yoqubov

38. GOL. Lyupche Doriev o'yindagi ikkinchi golini urdi. Uni to'xtatib bo'lmayapti. Bu safar Zoteevdan assist. Himoyachilar unga qarshilik ko'rsata olmadi. 

31. ZARBA. Sarvar Karimovdan seyv

25. ZARBA. Dorievdan zarba. Xavfli vaziyat. 

19. "Bunyodkor" oldinga o'tdi. Hujumlar samarasiz. 

11. Doriev bu mavsum "So'g'diyona" libosidagi oltinchi golini urdi. 

10. GOL. "So'g'diyona" uchrashuvda hisobni ochdi. Jamoa to'purari Lyupche Doriev Yovovichning uzatmasini golga aylantirdi. 

7. ZARBA. "Bunyodkor" o'yindagi ilk xavfli vaziyatni yaratdi. Toni Yovichning zarbasini Mitrovich qaytardi. Bu erda o'yindan tashqari holat ham bor edi. 

3. Ilk daqiqalardan to'p nazorati "So'g'diyona" jamoasida. 

O'yinga start berildi.

Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

- Uchrashuv 19:30da boshlanadi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика