Slott "Liverpul" himoyachisi jarohat olganini malum qildi
30 dek 2024 20:20
Yangiliklar
Slott "Liverpul" himoyachisi jarohat olganini malum qildi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot "qizillar" va Angliya terma jamoasi himoyachisi Jo Gomes APLning 19-turi doirasidagi "Vest Xem"ga qarshi o'yinda jarohat olganini aytdi.

"Bugun Jo Gomes jarohat oldi. Jo o'zini almashtirishni so'radi va biz uning o'rniga boshqa futbolchini tushirdik.
U sonining orqa qismini shikastlab olgan va tiklanish uchun biroz vaqt kerak bo'ladi.
Bunday holatlar mavsum davomida sodir bo'lishi mumkin", – dedi Slot.
Eslatib o'tamiz, Gomes 2015 yil iyul oyida "CHarlton"dan "Liverpul"ga o'tgandi. Uning shartnomasi 2027 yilning iyunida nihoyasiga etadi. 27 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 16 o'yin o'tkazib, 2 ta sariq kartochka oldi. Transfermarkt portali asli gambiyalik ingliz futbolchisini 28 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar