So’nggi yangiliklar

18:06"Портсмут" — "Арсенал". Таркиблар маълум  0 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  0 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  2 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  30 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  4 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3

Slavche Voyneski: "Navbahor" bilan o'yinga to'liq tarkib bilan tayyorlana olmadik" Yangiliklar

Slavche Voyneski: "Navbahor" bilan o'yinga to'liq tarkib bilan tayyorlana olmadik"

"Paxtakor" - "Navbahor" (1:0) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Slavche Voyneski o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Eng avvalo futbolchilarimni tabriklayman. O'yin qiyin o'tdi. Har tomonlama charchadim. Hayajonli bahs bo'ldi. 

Bugungi uchrashuvni nazorat qilib bordik. To'p nazorati biz tomonda bo'ldi. Yakunda kiritilgan gol orqali g'alaba qozondik. 

Ixtiyorimizda 12-13 nafar futbolchi bor edi. Ular terma jamoa safida edi. "Navbahor"ga qarshi o'yinga to'liq tarkib bilan tayyorlana olmadik. Bu bizga pand berishi mumkin edi. Qishki yig'inlarda olib borgan taktik mashg'ulotlarimiz ish berdi. Biz g'alabani istagandik va yakunda buni uddalay oldik. Bundan xursandman. 

O'yin oxirida yuz bergan holatlar dilimni hira qildi. Bunday janjallar, mushtlashuvlar professional futbolchilarga xos bo'lmagan jihat hisoblanadi. G'alaba qozondingmi, mag'lub bo'ldingmi - buni qabul qila olishing kerak. 

Bilaman, biz ham hali Namanganga boramiz va u erda boshni tik tutgan holda borishimiz kerak. Umid qilamanki, bunday vaziyatlarga federaciya ham munosabatini bildiradi. O'yin ajoyib bo'ldi, atmosfera ham yuqori edi. Faqatgina, o'yin tugagach bunday holatlar qoidalarga to'g'ri kelmaydi.

- Zaxiradan futbolchilarni faqatgina 70-daqiqadan keyin tushirdingiz. Vaholanki, zaxirada boshqa kuchli futbolchilaringiz ham bor edi. Siz bu salbiy natijaga olib kelishi mumkinligidan qo'rqmadingizmi?

- Bu bizning strategiyamiz. Biz g'alaba qozondik. Demak, bu to'g'ri qaror edi. Masalan o'yin yakunida barcha 5 ta o'zgarishni amalga oshirishim ham mumkin edi. 

- "Paxtakor" "Nasaf" bilan ham, "Navbahor" bilan ham o'ynab ulgurdi. Qaysi o'yin siz uchun qiyinroq bo'ldi? 

- Umuman jamoalarni taqqoslashni to'g'ri deb hisoblamayman. "Nasaf"ga qarshi faqatgina bitta o'yindan iborat bahsda o'ynadik. Jamoa balki chempionat o'yinida boshqacharoq o'ynagan bo'lardi. SHuning uchun bu savolga to'liq javob bera olmayman. 


Aziz To'xtamurodov yozib oldi

Foto: Tolibjon Qosimov

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика