Skoulz: "Ronaldino "Barselona"ga o'tgani uchun MYU futbolchilari uning oyoqlariga zarba bermoqchi bo'lgan"
17 fev 2017 12:18
Yangiliklar
Skoulz: "Ronaldino "Barselona"ga o'tgani uchun MYU futbolchilari uning oyoqlariga zarba bermoqchi bo'lgan"
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulzning so'zlariga ko'ra, u va uning jamoadoshlari o'z vaqtida Ronaldino mankunianlarni emas, "Barselona"ni tanlagani uchun o'ch olmoqchi bo'lgan.
Braziliyalik 2003/04 mavsum oldidan Kataloniya klubi safini to'ldirgan.
"O'sha yilni eslayman. Jamoamiz mavsumoldi turnega borgan. Ronaldino "Manchester Yunayted"ga o'tayotgandek edi, ammo u "Barselona" safini to'ldirdi. Biz kataloniyaliklar bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishimiz kerak bo'lgan. "Manchester Yunayted" futbolchilari o'yin davomida "Barselona"ga o'tgani uchun Ronaldinoning oyoqlariga tepmoqchi bo'lishgan. Ammo biz unga yaqinlasha olmadik. Uni "Machester Yunayted"da ko'rishdan xursand bo'lardim. Lekin taqdir emas ekan" - deydi Skoulz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar