Skoulz: "Reshford MYUdan tezroq ketgani yaxshi"
30 jan 11:36
Yangiliklar
Skoulz: "Reshford MYUdan tezroq ketgani yaxshi"
"Menimcha, Reshford o'z harakatlari bilan ko'pchilikni ranjitdi, balki murabbiy aynan shuni nazarda tutayotgandir. Endi yosh futbolchilarni o'ylang, xayolimga Alexandro Garnacho kelmoqda. Ular aynan Markusga o'xshagan insonlardan o'rnak olishadi-ku, u 27 yoshda va kerakli darajada mashg'ulotlarda mehnat qilmayapti, hayot tarzi ham noto'g'ri.
Ha, u o'yinlarda maydonga tushishdan bosh tortmayapti, lekin uning mashg'ulotlardagi ishtiroki va maydondan tashqarida o'zini tutishi... Qaysidir manoda u bu jamoa bilan ishlash niyati yo'qligini namoyon qilmoqda, bu holat klubdagi boshqa futbolchilarga ham tasir qilishi hech gap emas, uni kiyim alishtirish xonasiga kiritmaslik kerak.
Bu holat, etmaganiga yosh futbolchilarning ko'z o'ngida, davom etaversa, Markus "Manchester Yunayted"dan tezroq ketgani yaxshi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar