So’nggi yangiliklar

09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  0 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  0 07:52Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  7 07:24МЛС. Мессисиз "Интер Майами" мусобақа аутсайдерини мағлуб эта олмади  2 07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  58 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  5 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  2 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  10 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  12

Skolarining ikkinchi imkoniyati Yangiliklar

Skolarining ikkinchi imkoniyati

Terma jamoa Oxirgi marta Braziliya 2002 yilda Luis Felipe Skolari bilan Jahon chempionatida g'olib bo'lgan.
2006 yilgi mundial esa nafaqat braziliyaliklar uchun, balki barcha Janubiy amerikaliklar uchun omadsiz yakunlangan. Braziliya terma jamoasi Dunga qo'l ostida chorak finalda Gollandiya terma jamoasiga qarshi kechgan o'yinda imkoniyatni boy beradi. O'z uylarida o'tadigan Jahon chempionatida “pentakampeonlar”ni faqat chempionlik qanoatlantiradi.

Tarkib

Skolari qo'l ostidagi hozirgi Braziliya terma jamoasi tarixdagi eng yulduzli jamoa hisoblanmaydi. Ammo braziliyaliklar safida zo'r futbolchilar yo'q emas. Fred va Jo Ronaldo bilan bir darajadagi futbolchilar bo'lmasada, lekin ular o'z ishini bilishadi. Skolari  jamoasida Evropaning superklublarida to'p suradigan himoyachilar bor: Dani Alves, Marselo, Tiago Silva, Dante, David Luis. Oskar va Neymar kelajagi buyuk futbolchilar hisoblanishadi, Xalk esa bir zarb bilan o'yin taqdirini hal qiladigan hujumchi hisoblanadi. Jamoaning eng nozik tarafi bu darvozabon. Julio Sezar Evropani Kanadaga almashtirgani ajablanarli emas.



Yaxshi va yomon taraflari

Skolari – himoya va hujumni bir hil ushlab turadigan kuchli mutaxassis. 2010 yilda Dunga Braziliyani boshqa jamoaga aylantirib qo'ygan edi. Skolari jamoasi esa aqlni yo'qotmagan holda, haqiqiy brazilcha o'yin ko'rsatishga mo'ljallangan. Konfederaciyalar kubogida u chiroyli va foydali o'ynash mumkinligini ko'rsatib berdi, lekin endi har bir terma jamoa braziliyaliklarga qarshi o'zgacha tayyorgarlik ko'radi.

Braziliyaning yomon taraflari bu yaxshi tomonlarning davom etishidir. Skolari jamoasiga kerakli paytda tajriba etmasligi mumkin, chunki bu jamoa yosh futbolchilardan tashkil topgan. Darvoza chizig'i murabbiyni havotirga solmoqda. 2002 yili Skolari Markosni tanlayotganda ikkilangandi, lekin bu tahmini o'z tasdiqini topgan.


Yulduz
Neymar

Braziliyaliklar Messi va Ronalduni ko'rishdan va ular darajasidagi Neymarni megayulduzlar safida ko'rmaslikdan charchashdi. Ronaldo va Rivaldo faoliyatini tugatgandan va Ronaldino bilan Kaka chetga chiqib qolgandan keyin, Braziliyaning superyulduzi qolmadi. Neymar – nafaqat katta iqtidor, balk top futbolchi bo'lib etishadigan tayyor brend hamdir. “Barselona”dagi ilk mavsumida bir maromda o'yin ko'rsata olmadi. Hech kim ilk mavsumida Neymar Messini soyasida qoldirishini kutmagandi ham. Terma jamoada esa maydonda o'z sanatini ko'rsatishga ruxsat etilgan birinchi raqamli futbolchi. Konfederaciyalar kubogida u nimaga qodirligini ko'rsatdi va hamma Jahon chempionatida undan yangi yurishlarni kutmoqda. Asosiy savol bu – Neymar katta masuliyatga chiday olarmikan, axir 200 millionlik yurt uning o'yinini kuzatadiku. Agar Neymar Jahon chempionatini yutsa, u davlatdagi eng mashhur insonga aylanadi.



Murabbiy
Luis Felipe Skolari

Skolarining murabbiylik faoliyati 1982 yili boshlangan. 32 yillik faoliyati davomida murabbiy 2 marta Libertadores kubogini va bir bora Braziliya chempionatini yutgan. Lyushemburgu va Leaoning omadsizligidan so'ng Skolari 2001 yilda terma jamoaga murabbiy bo'ladi. 2002 yilgi Jahon chempionatiga Romarioni olmagan Skolari deyarli xalq dushmaniga aylanadi. Bu holat Jahon chempionligiga qadar davom etadi. Undan keyin Skolari 5 yil davomida Portugaliya terma jamoasini boshqaradi va 2004 yildagi Evropa chempionatini yuta olmaydi. 2008 yilda Skolari “CHelsi” murabbiyi etib tayinlanadi. Ammo Londonda Skolari yutuqlarga erisha olmaydi. SHundan so'ng, murabbiy “Bunyodkor” va “Palmeyras” kabi klublarga murabbiylik qiladi. 2012 yilda Manu Menezes Braziliya bosh murabbiyi lavozimidan ketganidan so'ng, uning o'rniga Skolari keladi. Bu yil unga juda og'ir vazifa, vatanida Jahon chempionatini yutish vazifasi qo'yilgan.



Taxmin
Guruhda birinchi o'rin, JCH ning yarim finali

Braziliyaliklar guruhida oson raqiblar mavjud emas, har bir raqib g'alaba uchun maydonga tushadi. Ammo turnirda na Meksika, na Kamerun, na Xorvatiya Braziliya bilan raqobatlasha olmaydi. Skolari jamoasi 7-9 ochko yig'ib guruhdan birinchi o'rin bilan chiqishini taxmin qilish mumkin. Braziliyaliklar yarim finalgacha bora olishadi, qolgan bosqichda esa hammasi qiyin. Ammo Braziliya nimchorakfinalning o'zidayoq Gollandiya, CHili yoki Ispaniyaga duch kelishi mumkin. Pley-off bosqichi braziliyaliklar uchun oson bo'lmasligi aniq.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика