Skaloni: "Argentina o'yinning bunday yakuniga loyiq emasdi"
04 dek 2022 10:28
Yangiliklar
Skaloni: "Argentina o'yinning bunday yakuniga loyiq emasdi"
Argentina termasi ustozi Lionel Skaloni JCH-2022 1/8 finali doirasida Avstraliyaga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Og'ir o'yin. Raqiblar kuchli pressing bilan o'ynashdi va bu bizga ko'proq halaqit qildi, ayniqsa, birinchi bo'limda. Messining goli o'yinni ochib yubordi, biz ham anchagina qo'shdik.
Tanaffusda ko'p narsalarni o'zgartirdik, menimcha, jamoa o'yinning bunday yakuniga loyiq emasdi. Biz yirik hisobda g'alaba qozonishimiz kerak edi. Menimcha, turnirda eng qiyin raqibga qarshi o'ynadik", - dedi Skaloni.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar