So’nggi yangiliklar

22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  6 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  8 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  4 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  4 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  22 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  5 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  49 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  10

Siz bilgan va bilmagan Xabib Nurmagomedov haqida! Yangiliklar

Siz bilgan va bilmagan Xabib Nurmagomedov haqida!

O'zbekistonda MMA jangchisi, UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning ko'plab muxlislari bor.

Bugun Xabib haqidagi malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

Xabib Abdulmanapovich Nurmagomedov - 1988 yilning 20 sentyabr  kunida Dog'istonning Cumadin tumanida tug'ilgan. Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi. Laqabi: Burgut. UFCda engil vazn toifasida chempion.

Millati - avar. Sportchilar oilasidan. Otasi - Abdulmanap Nurmagomedov erkin kurash va sambo bo'yicha Ukraina chempioni. Otasining ukasi - Nurmagomed Nurmagomedov 1992 yilda sambo bo'yicha jahon chempioni. Onasi tomondan bobosi esa erkin kurash bo'yicha sport ustasi. Xabibning otasi nafaqat kurashchi, erkin kurashda murabbiy ham bo'lgan. Aynan u Xabibning ilk ustozi bo'lgan va yakkakurash bilan 5 yil davomida shug'ullantirgan. 

"Eslayman, barcha vaqtim gilamda o'tardi", - deb eslaydi jangchi o'sha paytlarni. Uning o'zidan 1,5 yosh kichik Abubakar ismli ukasi bor. Ular yoshlikda birgalikda mashg'ulotlar olib borishgan (Abubakar ham professional jangchi, WSOF turnirlarida qatnashmoqda). 2001 yilda uning oilasi Mahachqalaga ko'chib bordi. U erda mashg'ulotlarni davom ettirdi. "Otam Mahachqaladagi 15ga yaqin qarindoshlarimizni bir joyga to'pladi. 7-8 oila azolarining barchasi bir tom ostida yashadik. Birga ovqatlanardik, birga shug'ullanardik va birga o'sdik", - deydi sportchi. Kimdir Xabibga qoidalarsiz jang videotasvirlarini ko'rsatdi va u o'zining yangi qirralarini ochishni istadi. Unga aynan oyoqda zarba berish texnikasi yoqib qoldi. Biroq shu bilan birga u kurashda shug'ullanishni ham davom ettirdi. O'sha vaqtda otasi yakkakurashni o'zgartirdi va o'g'lini jangovor sambo bilan mashg'ulot qildirdi. "Men ham shuni istadim, biroq u dastlab kurtkalarda mashg'ulot qilishimni xohladi va meni o'z do'sti? Rossiyada xizmat ko'rsatgan murabbiy, dzyudo bo'yicha murabbiy Jafar Jafarovning oldiga yubordi. Yarim yil davomida uning talimini oldim va 2005 yilda jangovor samboga o'tib ketdim" - dedi Xabib.

Ikki yil davomida u Rossiyada xizmat ko'rsatgan murabbiy Jafar Jafarov bilan shug'ullandi. Keyinchalik Xabib yana jangovor samboga qaytdi, uni yana otasi shug'ullantira boshladi.


XABIB NURMAGOMEDOV BOLALIGIDA (chap tomonda)

Xabibni to'lqinlantira olgan rossiyalik jangchi Fedor Emelyanenko. Nurmagomedov shunday derdi: "Jangovor sambo bilan shug'ullanishni boshlaganimda u barcha jangovor sport turlarida birinchi o'rinda edi. Uning o'zini tutishi, xarakteri menga namuna bo'lib xizmat qildi. U yutganda ham, yutqazganda ham o'zini tanxo tutardi. Unga o'xshashga intilganman. Fedor Emelyanenko - Rossiyadagi ushbu sportning rivojlanishiga turtki bergan inson. Hech qachon u haqida yomon gaplar eshitmaganman. Uning janglarini tomosha qilib katta bo'ldim. U qanday uradi, nokaut qiladi, natijalarga qanday erishadi, barchasini ko'rdim. Bunday jangchi va insonga har doim havas qildim".

Yakunda Xabib professional jangchiga aylandi. Bunda asosiy rolni otasi ijro etdi, u nafaqat murabbiyi bo'ldi, balki hayot yo'lidagi ustoziga ham aylandi. Xabibning aytishiga ko'ra, 19-20 yoshligida sportdan ketib, qo'riqlash agentiga ishga kirmoqchi bo'lgan. Biroq otasi unga shunday degandi: "Agarda qaerdadir ishlasang, sen sportchi emassan. Demak, sening boshqa ishing bor. Agarda sportchi bo'lishni istasang,..


UFC chempioni haqidagi qiziqarli malumotlarning davomini quyidagi sahifada o'qishingiz mumkin > > > Siz bilgan va bilmagan Xabib Nurmagomedov haqida!

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика