So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  1 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

Siz bilgan va bilmagan So'nggi imperator - Fedor Emelyanenko haqida Yangiliklar

Siz bilgan va bilmagan So'nggi imperator - Fedor Emelyanenko haqida

Teglar :  Emelyanenko
Hozirgi zamon MMA olamida ko'pchilik muxlislarga Xabib Nurmagomedov hamda Konor Makgregor nomi qiziq.

Lekin shunday jangchi borki, u qilgan ishni hozirda hech kim uddalay olmagan. XXI asr dastlabki o'n yilligining eng kuchli jangchisi, 2003-2010 yillar davomida MMA olamidagi eng mashhur sportchi. «ESPN», «Sherdog», «Full Contact Fighter», «MMA Weekly», «Nokaut» kompaniyalari tomonidan eng kuchli  aralash qoidalar jangchisi deb elon qilingan . SHu davr oralig'ida vaznindan qatiy nazar birinchi raqamli sportchi, «So'nggi imperator» - Fyodor Emelyanenko.


Yoshligi, sportga qiziqishi, faoliyatini boshlanishi

Fedor 1976 yil 28 sentyabr kuni Ukrainada Vladimir Aleksandrovich oilasida tug'ilgan. Emelyanenko o'n yoshidan sambo va dzyudo bilan shug'ullanishni boshlaydi. Sportga juda kirishib ketganidan kechalari bilan zalda qolib ketardi. Bir necha yildan so'ng Vladimir Voronov boshchiligidagi sport klubga azo bo'ldi. Yoshligidan sportga borini berdi, to'liq kuch bilan shug'ullandi. Buning natijasida yigirma bir yoshida sambo bo'yicha Kurskda bo'lgan turnirdan so'ng Rossiya sport ustasi unvonini oldi. Bir yildan so'ng esa Xalqaro toifadagi sport ustasi unvonini oladi. 1999 yilda Rossiya sambo terma jamoasiga taklif qilinadi va terma jamoasi bilan Evropa chempionligiga erishadi. 2000 yildan boks bilan jiddiy shug'ullanishni boshladi. SHu tariqa Emelyanenko asta-sekinlik bilan MMAga kirib kela boshladi.


RINGS

Yaponiyaning «RINGS» kompaniyasi Fedor bilan shartnoma imzolagan dastlabki MMA tashkiloti hisoblanadi. «RINGS» bayrog'i ostida rossiyalik jangchi o'n bir bor oktagonga ko'tarilib,  Rikardu Arona va Renatu «Babalu» Sobral singari kuchli jangchilarni mag'lub etgan...


Qiziqarli maqolaning to'liq qismi quyidagi sahifada > > > Siz bilgan va bilmagan «So'nggi imperator» - Fedor Emelyanenko haqida

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика