So’nggi yangiliklar

16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  2 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  2 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  1 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2

Fedor Emelyanenko "ASIAN FIGHT"ga tashrif buyurmaydimi? Yangiliklar

Fedor Emelyanenko "ASIAN FIGHT"ga tashrif buyurmaydimi?

9 sentyabr kuni Toshkentda mikst silat bo'yicha xalqaro "ASIAN FIGHT" turniri tashkil qilinishidan xabaringiz bor.

Bugun turnir tashkilotchilari tomonidan musobaqaga atalgan yangi poster taqdim etildi. Ushbu rasmda fahriy mehmonlar sifatida tashrif buyuradigan yulduzlar ichida rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Fedor Emelyanenkoning yo'qligi ko'plab savollarni yuzaga keltirmoqda.

Turnir tashkilotchilarining www.olamsport.com saytiga malum qilishlaricha, ayni paytda rossiyalik sportchining mamlakatimizga tashrif buyurishi so'roq ostida. U ayni paytda tayinli javob berayotgani yo'q. SHu sababdan ham, tashkilotchilar tavakkal qilmoqchi emaslar.

Ammo, suratga joylashtirilgan boshqa yulduzlar Jan Klod van Damm va Jeff Monsonlar yurtimizga kelishi aniq. Yaqin soatlarda Van Dammning O'zbekiston ahliga yo'llagan salomini etiboringizga havola qilamiz.

SHuni ham mamnuniyat bilan elon qilamizki, jang oqshomiga rossiyalik xonanda Lok Dog tashrif buyurishi rejalashtirilgan. SHuningdek, o'sha kuni o'zbek va qo'shni davlat estrada yulduzlari o'z chiqishlarini namoyish etadilar.

Kechaning asosiy voqeligi albatta 8 nafar o'zbek jang sanati ustalarining raqiblarga qarshi janglari bo'ladi. Ushbu to'qnashuvlarda yurtdoshlarimizni qo'llab-quvvatlang.
O'zbekistonda ilk marotaba tashkil qilinayotgan bunday jang oqshomini bevosita kuzatib borish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!


Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика