So’nggi yangiliklar

20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  0 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  1 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  1 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  5 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  3 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  25 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  7 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1

Siyavash Haqnazariy: "Al Arabi"da yaxshi futbolchilar bor. Lekin shu kuni biz ham bor kuchimizni ishga solamiz" Yangiliklar

Siyavash Haqnazariy: "Al Arabi"da yaxshi futbolchilar bor. Lekin shu kuni biz ham bor kuchimizni ishga solamiz"

OKMK jamoasi ertaga OCHL pley-off uchrashuvida ishtirok etish uchun Doha tomonga yo'lga chiqadi.

Olmaliqliklar bugun o'z qarorgohlaridagi so'nggi mashg'ulotni olib boradi. "Al Arabi" raqiblik qiladigan o'yinda g'alaba "konchilar"ni o'z tarixida ikkinchi bor OCHL guruh bosqichiga olib chiqadi. Raqib jiddiy biroq bu g'alabadan qaytara olmaydi. O'zbekiston nomidan maydonga chiqadigan klubga esa barcha birdek muxlislik qiladi. Biz esa tayyorgarlik va raqib haqida OKMKning eronlik legioneri Siyavash Haqnazariyning fikrlari bilan qiziqdik. 

Al-Arabi

AFC Champions League Qualification . Final-tur

22/08/2023, 23:30

1
:
0
Tugadi

AGMK

Ruben Sanchez - 69'

45'
90'
69'  Ruben Sanchez

- O'ylaymanki, bu uchrashuvga ruhan va jismonan tayyormiz. Avvalgi raqibga qarshi o'yindagi g'alabadan keyin o'zimizga bo'lgan ishonch kuchayib borayotganini sezyapmiz. Fikrimcha, OKMK kuchliroq raqibga qarshi yanada yaxshi o'yin ko'rsatadi. Buni so'nggi OCHL o'yini va Superliga orqali isbotladik. Ularda yaxshi sharoitlar, yuqori klassdagi futbolchilar bor. Lekin biz bor kuchimizni ishga solishimiz shart. Seshanba oqshomida maydonda borimizni beramiz. 

- O'yinda g'alaba qozonish uchun imkoniyatimiz bor. Ob-havodan kelib chiqib aytganda qo'shimcha bo'limlarda qiyin bo'ladi. Ammo biz barchasiga tayyormiz. Biz 90 daqiqada o'yinni ijobiy natija bilan yakunlashga harakat qilamiz. 

- Ha, barchaning etibori Saudiya Arabistoniga qaratilgan. Lekin futbolda yulduzlarni olib keldi degani, natijaga erishishni anglatmaydi. Ammo Saudiya klublari Osiyoning eng yaxshi jamoasi bo'lish uchun davogar ekanligini unutmaslik lozim. OCHLda SHarqiy Osiyo klublarini ham chempionlikka davogar, deb o'ylayman. CHunki ular uzoq vaqtdan beri futbolda barchasini to'g'ri bajarib kelyapti.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика