So’nggi yangiliklar

19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  0 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  3 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  1 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  5 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  8 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  6 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2

"Siti" "Tottenxem"ni tor-mor etdi va APLda turning qolgan voqealari Yangiliklar

"Siti" "Tottenxem"ni tor-mor etdi va APLda turning qolgan voqealari

Teglar :  Marat AksanovAPL
Marat Aksanov yakuniga etgan Angliya Premer-Ligasining 18-turi haqida.

«Manchester Yunayted» «Vest Bromvich»ni taslim qildi

Tajribali Alan Pardyu «Bromvich» ustozi sifatida to'rtinchi o'yinni o'tkazdi. Oldingi uchta o'yinda uning shogirdlari umuman gol ura olishmadi, lekin 2ta durang qayd etgandi. 

27-daqiqada Romelu Lukaku hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o'tgach Lingard jarima maydoni chizig'idan zarba berib ikkinchi golni urdi, bu vaziyatda to'p Xegaziga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi, Forster bu zarbani qaytara olmadi. 

77-daqiqada mezbonlar burchak to'pidan so'ng hisobni qisqartirishdi. Evans boshi bilan Barriga pas berdi, tajribali yarim himoyachi 3 metrdan gol urdi. 

Oson bo'lmagan o'yinda «Manchester Yunayted» muhim g'alabaga erishdi va 2-o'ringa qaytdi. 


«Liverpul» «Bornmut»ni mag'lub etdi

"Bornmut" ketma-ket 5ta uchrashuvda g'alabaga erisha olmadi va xavfli zonaga juda yaqin turibdi va duranglar tufayli ular 16-o'rinda. "Liverpul" "Everton" va "Vest Bromvich" bilan durang o'ynab, so'nggi ikki bahsda ochko yo'qotdi.

"Mersisaydliklar" o'yinni juda yaxshi boshlashdi, Koutino bahs startida hisobni ochishi mumkin edi, ammo uning zarbasi to'singa tegdi. Braziliyalik ushbu bahsda ajralib turdi va ko'plab vaziyatlar yaratdi. 20-daqiqada aynan u hisobni ochdi. CHap qanotda himoyachilarni aldab o'tgan Koutino yaqin burchakka zarba berdi va Begovichga imkon qoldirmadi.

5 daqiqadan so'ng Lovren hisobdagi ustunlikni oshirdi. 44-daqiqada esa Salax hisobni yiriklashtirdi.

Ikkinchi bo'limda "Liverpul" o'zining odatiy o'yinini namoyish etdi va pressing orqali raqibni qiynashda davom etdi va bu o'z foydasini berdi. CHemberlenning zarbasidan so'ng to'p ustunga tegib, Firminoga tushdi va u bo'sh darvozani qiyinchiliksiz nishonga oldi. SHunday qilib, bahs 4:0 hisobida "Liverpul"ning g'alabasi bilan yakunlandi.


"Manchester Siti" "Tottenxem"ga imkon bermadi



Bu mavsum "shaharliklar"ni top-6 jamoalari orasida hech kim to'xtata olmadi. "Tottenxem" "Etixad" stadionida sharmanda bo'ldi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida burchakdan uzatilgan to'p Gyundoganning goli bilan yakunlandi. Bu nemis yarim himoyachisining joriy mavsumdagi ilk goli. Darvoza ishg'ol etilganidan so'ng "Siti" hujumlar seriyasini davom ettirdi.

Uchrashuvning ikkinchi qismida "Tottenxem" xavfli vaziyatlar yarata boshladi, ammo Ederson o'z darvozasini ishonchli qo'riqladi. Joriy mavsum fantastik o'yin ko'rsatayotgan Kevin De Bryuyne 70-daqiqada gol urdi. Besh daqiqa o'tib "shporlar" De Bryuyneni o'z jarima maydonchalarida yiqitishadi, Jezus esa bu imkoniyatni golga aylantira olmaydi. Birozdan so'ng Sane Sterlingni ajoyib vaziyatga chiqaradi, Raxim APLdagi o'zining navbatdagi golini nishonlaydi. Uchrashuvning 90-daqiqasida Sterling yana bir gol urishga muvaffaq bo'ladi. Bahs yakunlanishiga bir necha soniyalar qolganida Eriksen "Tottenxem"ning ikkinchi aniq zarbasini yo'llab, o'z jamoasining yagona goliga mualliflik qiladi.

O'yin to'liq "Manchester Siti" nazoratida o'tdi. "SHaharliklar" "BoxingDay"dan muvaffaqiyatli o'tishsa, chempionlik masalasini ijobiy hal qilishadi.


"CHelsi" va "Arsenal" minimal hisobda g'alabaga erishdi

"CHelsi" joriy mavsumda sovrinni himoya qilish uchun imkoniyatdan ayrildi, ammo kumush uchun kurashishi mumkin. Antonio Konte o'rtamiyona jamoalarga qarshi bahslarda ochko yo'qotmoqda. "Sautgempton"ga qarshi uchrashuvda "ko'klar" ko'plab vaziyatlar yaratdi. 45-daqiqada Eden Azar ishlagan jarima zarbasini Markos Alonso golga aylantirdi. O'yinda boshqa gol urilmadi va "aristokratlar" muhim 3 ochkoga ega chiqishdi.


"Arsenal"ning "Sautgempton" va "Vest Xem"ga qarshi ikki durangi tufayli, "to'pchilar" "Nyukasl" bilan bahsda faqat g'alaba maqsadida maydonga tushishdi.

23-daqiqada Ozil Lyakazettning uzatmasidan so'ng hisobni ochdi. Javob qaytarish uchun "Nyukasl"ning kuchi etmadi va uchrashuv 1:0 hisobida Arsen Venger shogirdlarining g'alabasi bilan yakunlandi.

Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng londonliklar turnir jadvalida 5-o'rinda turishibdi.


EPLmanager.com saytida turning eng yaxshi jamoasi:


EPLManager.com saytining 18-turdagi eng yaxshi futbolchilari:


EPLManager.com saytida Bilayn-liganing top-10 foydalanuvchisi:

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика