Simone Indzagi: "Al-Hilol" - men hurmat qilgan klub"
05 iyu 12:29
Yangiliklar
Simone Indzagi: "Al-Hilol" - men hurmat qilgan klub"
Sobiq "Inter" bosh murabbiyi Simone Indzagi "Al-Hilol" klubi bosh murabbiyi etib tayinlanganidan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Eng avvalo, bu yangi tajribani boshlashimdan juda xursandman. Har doim xorijda murabbiylik qilishni orzu qilardim. "Al-Hilol" — mening murabbiylik faoliyatimdagi muhim imkoniyatlardan biri. Bu klub menga begona emas, chunki arab futboliga ancha vaqtdan beri qiziqib kelaman. Saudiya Arabistonida ham "Lacio", ham "Inter" bilan ko'p bor o'ynaganmiz, shu bois bu chempionatni yaxshi bilaman.
"Al-Hilol"ni esa alohida hurmat bilan kuzatib borganman. Ayniqsa, tarkibida men "Lacio"da ishlagan paytimdagi shogirdim Sergey Milinkovich-Savich bor. U bilan yana bir jamoada birlashganimdan baxtiyorman",- deydi Inzagi klub matbuot xizmatiga.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar